"Mo'minjonov ishi", "Nasaf" - "Paxtakor" o'yinidagi hakamlik bugun to'g'ridan-to'g'ri efirda muhokama qilinadi

Aziz Tukhtamuradov
8 apr 2019, 15:21
Bugun 8 aprel kuni soat 19:00da "Sport TV" telekanalida "Bizning futbol" deb nomlangan ko'rsatuv jonli efirda namoyish etiladi.

Unda so'nggi paytlarda futbol jamoatchiligi orasida ko'p muhokamalarga sabab bo'layotgan mavzular haqida so'z boradi. Jumladan, "Navbahor" sobiq bosh murabbiyiga taalluqli "Mo'minjonov ishi" va Superliga 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidagi hakamlar harakatlari tahlil qilinadi. 

Ko'rsatuvda O'FA vakillari ishtirok etishadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати