Modrich Peres bilan suhbat o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2018, 17:35
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Inter"ga o'tishni o'ylab turibdi.

Milan grandi "Yuventus"ning transferiga javob berib, yangi mavsumda sovrin uchun kurash olib bormoqchi. Oldinroq, Turin klubi "qaymoqranglilar" forvardi Krishtianu Ronalduni sotib olgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Modrich "Inter"ga o'tishga rozi bo'ldi. Uning agenti va xotini Vanya Bosnich Italiya klubi direktori bilan bog'lanishga ulgurdi.

Ayni damda Modrich tatilda, biroq kelasi haftada "Real" safiga qaytadi va klub prezidenti Florentino Peres bilan suhbat o'tkazadi.

"Real" shartnomasi 2020 yilda yakunlanadigan Modrichni qo'yib yubormoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport