So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

MLS. “Sietl Saunders” - G'arbiy konferenciya chempioni! Yangiliklar

MLS. “Sietl Saunders” - G'arbiy konferenciya chempioni!

Bugun bizning mahalliy vaqt bilan tongda AQSH milliy chempionati pley-off bosqichi yarim final doirasida dastlabki o'yin bo'lib o'tdi va unda sensacion natija qayd etildi.

G'arbiy mintaqada butun mavsum bo'yi stabil o'yin namoyish etish asnosida chempionlik poygasida ayovsiz, keskin va qizg'in bahs olib borishgan musobaqaning eng kuchli va irodali jamoalari "Los-Anjeles" va "Sietl Saunders" bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun yana bir bor o'zaro bellashib ko'rishdi.

Los-Anjelesliklar hujum chizig'i dahshatli ko'rinish olgan jamoa safida urugvaylik yosh umidli Diego Rossi, mahalliy 24 yoshli forvard Adrien Peres va super hujumchi Evropa maydonlarida toblangan Karlos Vela bor edi. Lekin, bugungi to'qnashuvda ushbu futbolchilar hech qanday karomat ko'rsata olishmadi. Brayan SHmetcer boshchiligidagi mehmonlar tarkibini esa, deyarli yarmini legionerlar tashkil qilishadi. Darvoza chizig'idan ko'zga ko'ringan tajribali kiper Stefan Frey joy olgan. Himoyada Janubiya Koreya milliy terma jamoasi faxriy futbolchisi Kim Ki Xi bor. Yarim ximoyada shveciyalik ajoyib vinger Gustav Svensson harakat qiladi.

Markaziy hujumda perulik Raul Ruidias raqib jamoa darvozasini o'qqa tutishga shay turardi va u bu ishni hal qiluvchi uchrashuvda alo darajada uddaladi. O'yin natijasiga batafsil to'xtaladigan bo'lsak, oldiniga mezbonlar Eduard Atuesta hisobni ochdi. Biroq, oradan olti daqiqa o'tar-o'tmas ko'pchilikka malum va mashhur bo'lgan Raul Gonsalesning adashi Ruidias chiroyli zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Keyin hech qancha vaqt o'tmasidan Nikolas Lodeyro jamoasini oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan so'ng, los-anjelesliklar ikkinchi bo'limda bor kuchlarini ishga solishdi va raqib jamoa darvozasi tomon “shturm” uyushtirishdi. Ammo, afsuski ikkinchi bo'lim o'rtalarida yana o'sha Raul katta sahnaga chiqdi va o'yinga mantiqiy nuqtani qo'yib berdi.

SHunday qilib, bundan 2 yil muqaddam chempionlikni qo'lga kiritgan ko'hna Vashington shahri jamoasi G'arbiy Konferenciya chempioniga aylandi va MLS taxtiga qaytish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi. 2014 yilda tashkil topgan va hali biron marta finalga chiqmagan “Los-Anjeles” esa, chempionatni qattiq alamlar bilan tark etdi.

Los Angeles FC

Eduard Atuesta - 17'

Major League Soccer Playoff . 1/2-tur

30/10/2019, 07:15

3
:
1
Tugadi

Seattle Sounders FC

Raul Ruidiaz - 22', Nicolas Lodeiro - 26', Raul Ruidiaz - 64'

Stadion: Banc of California Stadium

45'
90'
17'  Eduard Atuesta
45'  Latif Blessing (Mark-Anthony Kaye)
53'  Brian Rodriguez (Adama Diomande)
77'  Lee Nguyen (Adrien Perez)
22'  Raul Ruidiaz
22'  Nicolas Lodeiro
26'  Nicolas Lodeiro
26'  Joevin Jones
64'  Raul Ruidiaz
64'  Nicolas Lodeiro
64'  Joevin Jones (Jordy Jose Delem)
76'  Jordan Morris (Nouhou Tolo)
81'  Kelvin Leerdam
88'  Brad Smith (Roman Torres)
90'  Nouhou Tolo



Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика