Mitoma uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin
28 fev 13:31
Yangiliklar
Mitoma uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin
"Brayton" yarim himoyachisi Kaoru Mitoma jarohat oldi.
Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Roberto De Zerbi xabar berdi.
"Belidagi jarohat unga "Everton"ga qarshi o'ynash imkonini bermadi. Bu jiddiy muammo. O'ylashimcha, u bir necha oy maydonga tusha olmaydi, [shunday ekan] Kaoru uchun mavsum yakunlangan bo'lishi ham mumkin.
Bu mavsum xavbek klub safida barcha musobaqalarda 26 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma etkazib berdi.
Fikrlar