Misrda Messini haqorat qilishdi
30 mar 2016 10:45
Yangiliklar
Misrda Messini haqorat qilishdi
Messi yaxshi niyatda Misrning MBC MASR tijorat telekanaliga bergan intervyusidan so'ng bazi misrliklarning tanqidi ostida qoldi.
Messi intervyuda o'z butsalarini aukcionga qo'yib, undan tushgan mablag'ni Misrda xayriya uchun sarflashni so'ragan. Ammo bu so'zlardan bazi kishilar o'zini haqoratlangandek his qildi.
"Biz 7 ming yillik tariximiz davomida bunchalik haqoratlanmagan edik. Messi seni tuflilarim bilan uraman. Mana mening oyoq kiyimim, uni Argentinaga qurbon qilaman" - deydi Misr parlamenti deputati Said Asasin.
"Bizning kambag'allar bunga muhtoj emas. Butsalar unda harakat qilish uchun ishlab chiqarilgan. Agar u bizni haqorat qilmoqchi bo'lsa, bu oyoq kiyimni boshiga qo'ysin, uni qo'llaydiganlarga ham shuni aytaman. Bizga uning butsalari kerak emas, ularni argentinaliklarga bersin, u erda kambag'allar etarlicha" - deydi Misr futbol federaciyasi matbuot-kotibi Azmi Megahed.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar