Mishel Platini: "Barchasini Blatter uyushtirdi”
23 jan 2016 14:05
Yangiliklar
Mishel Platini: "Barchasini Blatter uyushtirdi”
Lekin “Ekip” jurnaliga bergan intervyusida u barcha masala haqida savollarga ochiqchasiga javob berdi.
– Oxirgi haftalarda nimalarni boshdan kechirdingiz?
– Men yaxshiman, xavotir olmang. Hayotimda ko'plab sinovlar bo'lgan, har bir o'yinning o'zi sinov. Lekin hozir taqdirim o'z qo'limda emas. Nima bo'lishini bilmayman. Hech qachon oxirgi 3 oyda bo'lganidek ko'p ishlamagandim, vaqt sezilmay o'tib ketdi. Umuman olganda, odatdagiday yashadim. Batalkanda nima sodir bo'lganini bilganingda (Parijda terrorchilar tomonidan garovga olingan koncert zali) FIFA va uning muammolari arzimas narsaga aylanadi. Mendan ko'ra yaqinlarimga qiyinroq bo'ldi. Ular men bilan ro'y berayotgan adolatsiz holat uchun qattiq qayg'urishadi. Bu ishda barchasi oddiydek edi, lekin shunday gap-so'z ko'tarishdiki... Mana natijasi. Deyarli 40 yildan beri shunday gaplarni eshitib kelaman. Gol urganimda, Franciya terma jamoasi sardori bo'lganimda. Yaxshi narsalarni ham gapirishgan. Kimdir seni yoqtiradi, boshqasi esa ko'rolmaydi. Do'stim bo'lmaganlar hozir menga nisbatan ry bergan ishlardan mamnunlar. Lekin yosh emasman, 60 yoshdaman, qari qushdekman.
– Ushbu voqeada yaqinlaringiz uchun eng qayg'uli hodisa nima bo'ldi?
– Ushbu yolg'onlarni eshitish. Yaxshiyamki, otam nimalar bo'layotganini tushunmaydi, onam esa yo'q. Lekin xotinim va farzandlarim men kabi zarbalarga dosh bermaydi. Ularning kayfiyatini ko'tarishga intilaman. Nima bo'lsa bo'ladi, tabiatan shundayman. Kurashamiz. Yutish yoki yutqazishimni ko'ramiz. Takrorlayman, 60 yoshdaman. Hayotda nimalar ko'rmadim. Endi vaziyat qanday ko'rinish olishini kutamiz.
– Sentyabrda Cyurixga tekshiruvchilar uchib kelganda ustingizda bulutlar yurganini tushunganmidingiz?
– Yo'q, men Qatar va Rossiya to'g'risida nimadir so'rashga kelishgan deb o'ylagandim. Yomon ish qilmadim, shunday ekan, nega parokanda bo'laman?
– FIFA etika qo'mitasi 8 yilga sizni futboldan chetlatdi. Apellyaciyaga murojaat qilasizmi?
– Dastlab ayblovni kutish kerak, keyin esa harakat qilamiz, balki sport arbitraj sudiga murojaat etamiz. Amal qilish kerak bo'lgan jarayonlar mavjud. Kutyapmiz. Etika qo'mitasi hozircha aniq javob bildirmadi. Boshidan ular ishni paysalga solishmoqda. Sportda odatda ishni sekin ko'rib chiqishadi, lekin men bilan bog'liq holatda ishni 26 yanvargacha olib borish muhimga o'xshaydi.
– FIFA prezidentligi uchun kurashasizmi?
– Yo'q. Nomzodimni olib tashlayman. Menda boshqa nomzodlar bilan raqobat qilib, saylovchilar bilan uchrashishga vaqt va imkoniyat yo'q. Ayblovlardan o'zimni himoyalashga etibor qaratganman. U erda korrupciya, soxtalashtirish yoki umuman hech narsa yo'q bo'lishiga qaramay.
– Demak, barchasi vaqtga bog'liqmi?
– Ha, ishlar vaqtinchalik. Lekin saylovoldi kampaniya o'tkazmasam, qanday g'alaba haqida gapirish mumkin? Blatter ketishini elon qilganda meni qo'llab-quvvatlaydigan 150 ariza olgandim. Yuzlab federaciyalardan rasmiy xatlar va yana 50tacha qo'llash to'g'risida vada. Ikki kun ichida! Biroq hozir harakatlar tartibiga rioya etish lozim. Dastlab ayblovni bilib, keyin sport arbitraj sudi, so'ng qo'mitaga murojaat qilish darkor. Hayotda jangchiman, lekin menga hozir himoyalanishga berishmayapti.
– Yarim yil ichida FIFA prezidentligiga asosiy nomzoddan futboldan chetlatilgan shaxsga aylandingiz.
– Bo'tqani Blatter qaynatdi. U qonimni xohlagandi, FIFAga o'tishimga qarshi edi. U tez-tez men uning oxirgi qurboni bo'lishim haqida gapirardi, lekin botqoqqa men bilan botdi. Ostimda nima qazishganini aniq bilaman.
– Nomzodni qaytarib olish ishda aybni tan olishni bildirmaydimi?
– Sizga barcha ayblovlarni eslatishimni istayapsizmi? Birinchidan, Blatter menga pul qarz. Ikkinchidan, FIFA pulni tarzda o'tkazishni hal qiladi. Uchinchisi, janob Kattner (moliyaviy direktor) men bilan bog'lanib, buni qanday qilishlarini aytadi. Ularga hisob qog'ozi yuboraman. 10 kundan keyin pulni o'tkazib berishadi. Pulni soliq hisobotiga kiritaman. Blatter menga 4 yillik ishim uchun to'lashim lozim bo'lgan pulni olganman. Hisob qog'ozi oldim. FIFA so'ragan narsalarni to'ldirdim. Savol tug'iladi: nega oradan 10 yil o'tib? Bilmayman, bu savol ularga.
– Siz bilan bunday kech hisob-kitob qilishgani g'alati ko'rinmadimi?
– SHoshmang. Men kim bilandir emas, FIFA prezidenti bilan kelishgandim. Hech narsa qilmasam, FIFA shuncha huquqshunos va moliyachilari bilan pulni menga o'tkazib bergan bo'larmidi? Lekin 5 yildan keyin muddat o'tib ketgani sababli ular hech narsa to'lamasliklari ham mumkin edi. Bu ishni tezlashtirmaganim uchun faqat o'zimni ayblashim mumkin. FIFA va uning prezidentiga to'liq ishongandim.
– Pullarni olganingizdan afsuslanmaysizmi?
– Yo'q. Lekin ular menga to'lay olmasliklari va ertaroq harakat qilishim kerakligini aytganda yaxshiroq bo'lardi. Nima uchun menga adolatsiz tuyulayotgani ham shunda – FIFA muddat o'tib ketgani tufayli to'lamasligi ham mumkin edi.
– Lekin bunda bir holat kamdan-kam ro'y beradi: kishi qilgan ishi uchun 1,8 million evroni 9 yildan keyin olmoqda!
– Menga 30 yildan beri qarz insonlar bor. Talab qilgan zahotim ular pulni qaytarishadi. Men shunday odamman, principlarim bor. Blatter mendan qarzmi? Unda to'lashi kerak. Kimdandir qarz bo'lsam, pullarni tezroq qaytarishga urinaman. Lekin Blatter boshqacha. Bir misol. FIFA bilan shartnomam (yiliga 300 ming SHveycariya franki) qachon imzolangan, bilasizmi? 1999 yil yanvarda, o'shanda ularga bir yilcha ishlab qo'ygandim. 1998 yil avgustda Blatter oldiga kelib, menga maosh to'lashda qiyinchiliklar borligi to'g'risida so'raganman. Blatter muammo borligini aytib javob bergan.
– Voqeada sizning pulga o'ta engil munosabatingiz ko'pchilikni hayron qoldiryapti.
– Baxt pullarda emas. Ehtimol, 17 yoshimdan beri pul bilan muammom bo'lmagani uchun shunday bo'lgandir. Ha, Jak Lyamberning (Evro-2016 tashkiliy qo'mitasi prezidenti) maoshi qancha ekanligini bilganman, chunki 1998 yilgi jahon chempionati tashkiliy qo'mitasi bosh direktori sifatida uni imzolaganman. Hozir UEFA direktorlari qancha olishini bilaman. Lekin hech qachon jamoadagi sheriklarim qancha olishini bilmaganman. Bu meni qiziqtirmagan. Qancha pulim borligini bilaman, qolgani esa moliyaviy masalada choy idishidir.
– Pullarni Blatter 2011 yil qayta saylanishidan avval o'tkazib berishgani ham shubhali tuyuladi.
– Qanday saylov! U yagona nomzod edi. 2011 yil haqida gapirishmoqda, lekin ularni 2014 yilgi mundial yoki 2007 yilgi saylovlar arafasida olishim mumkin edi. Nimalarnidir o'ylab topishadi.
– Bularning ortida kim turibdi deb o'ylaysiz?
– Tushunolmayapman. Blatter bilan birga paydo bo'lganimizda odamlar meni tanib, uni bilishmasdi. Unda hamisha Platini va Bekkenbauer bilan munosabatlarda muammo bo'lgan. U futbolchilarni yoqtiradi, lekin ularning soyasida qolishni emas.
– Siz nomzodingizni FIFA saylovida qo'yishni xohlagansiz. Sabab shunda emasmi?
– Cyurixda UEFA prezidentiga munosabat salbiy – bu Platini bo'ladimi yoki boshqa. Bu ochiqchasiga ko'rinib turadi.
– FIFA va Blatter atrofidagilar nomzodingizga qarshi bo'lishi mumkinmi?
– FIFAning ko'plab azolari nomzodimni yoqlashgandi. Demak, barcha gap FIFA rahbariyatida, ular qo'rqib ketishdi.
– Nimadan qo'rqishdi?
– Ularni haydab yuborishimdan. Bunday munosabat 2007 yil UEFAga prezident bo'lganimda ham kuzatilgan. Bularni kimdir o'ylab topgan bo'lsa, unda FIFA rahbariyati bo'ladi. Boshqa hech kim. FIFAda saylov lavozimida bo'lganlarning barchasi bu ishni rad etishdi. Boshqa masala boshqaruvda. Mamuriyat ham katta kuch.
– Etika qo'mitasiga qanchalik ishonish mumkin?
– Hech qanday! Bu besh kishi hayot va o'lim masalasini hal qiladi, kimnidir ishidan 8 yil yoki umrbod chetlashtirishi mumkin. Nima asosida? Kimdir insonga ishlashni taqiqlay oladimi? Menga FIFAda paydo bo'lishni taqiqlash mumkindir, lekin UEFAning nima aloqasi bor? Evropa chempionati qanday aloqador? Kim menga Liondagi yangi stadion ochilishiga borishni taqiqlashi mumkin? Jan-Mishel Olyas (“Lion” prezidenti) menga taklifnoma jo'natib bo'lgan.
– Lekin Evro-2016 final bosqichiga qura tashlash marosimiga kelmadingiz.
– Franciya uchun Evro-2016ga men erishdim. Va endi menga qura marosimida qatnashishni taqiqlashdi. Tez orada har qanday joyga borishimni bekor qilishadi. Nimadir o'ylab topishadi. Jak Lyamberdan unga yordamchi yoki shofyor kerakligi haqida so'radim, men qodir bo'lgan nima ish bo'lsa ham. U bunga javoban taklifnoma berishini takidladi. FIFAga menga nima mumkin va mumkin emasligini so'rab, xat yozdim. Ko'pchilik Platini bilan UEFA prezidenti emas, balki Evropa chempionatlari to'purari, Franciya terma jamoasi sobiq sardori sifatida uchrashib, gaplashishni xohlaydi. FIFAdan javob kutyapman.
– Ayblovni olib tashlashsa, UEFAdagi ishingizga qaytasizmi?
– Yaxshi savol, lekin javob bera olmayman. Hech narsa aniq emas.
– Aybdor emasligingizni aytyapsiz, shu bilan birga oqlanishni ham istamayapsiz. Bu obro'ingizga jiddiy tasir qilishi mumkin.
– Nima qila olaman! OAV boshidanoq turli narsalarni yozib tashladi. Korrupciya, qora kassa, ovozlarni soxtalashtirish. Bularga nisbatan qanday oqlanishim mumkin? SHu sababli jim yurdim.
– Zepp Blatter oxirgi paytlarda sizni tez-tez eslab, “halol inson” va “yulduz” deb tarifladi.
– Bunday insonni yaxshi bilaman. Undan nima kutish va gaplari nimani anglatishini bilaman. U kimdir haqida shunchaki gapirmaydi, hamisha manfaat kutadi. Nega yulduz deganini bilmayman. Lekin rostdan shunday. Birga biror erga borganimizda odamlar menga etibor qaratishardi, unga emas. Lekin FIFAning sentyabr oyidagi yig'ilishida uni ko'rib, 40 yillik mehnati uchun rahmat aytishni istardim. Insoniylik tarafdan shunday qilish kerak. U oddiy inson emas, o'ziga xos. Yaxshilik va yomonlik, dunyo haqida qarashlari mavjud. Aqlli inson, 80 yoshda va qiziqarli hayot tarziga ega. Faqat yakun o'xshamadi. Unga nisbatan achinish yo'q, lekin futbol uchun ko'p ish qilganini tan olaman. Qandaydir operaciya – 2 million frankni o'tkazish hayot, 30-40 yillik faoliyatni aylantirib yuborishi mumkin.
– Sizning hayotingiz ham qiziqarli. “Nansi” akademiyasidan boshlab cho'qqiga ko'tarilish va FIFA prezidenti uchun nomzodini qo'yish...
– Lekin FIFA uchun qattiq intilmaganman. Faqat Blatterning istefosi menga turtki berdi. UEFAda qolish yaxshiroq, u er o'zimniki. FIFA yuzini esa futbolga qaratishim kerak edi. Hozir nomzodlardan birortasi futbol haqida gapirmayapti. Ular buni bilmaydi va tushunmaydi. Nomzodimni qo'yish yuzasidan uzoq o'ylandim, lekin etika qo'mitasi men uchun qaror qildi. Buning uchun rahmat!
– Umringiz bolalikdan boshlab futbolda o'tmoqda.
– Malum vaqtdan beri futbolda emasman – huquqshunosga aylandim.
– Ayblovni olib tashlashmasa, nima bilan shug'ullanasiz?
– Bilmayman. Hali o'ylab ko'rmadim. Hozir fikrim adolatsizlikni to'g'rilash bilan band. Kelajagimdan ko'rqmayman. Yaratganga ishonaman. Oilamga ishonaman, yaqinlarim sog'lig'i va boshqa narsalar haqida o'ylayman. Hayot faqat futboldan iborat emas. Lekin futbol hayotimning bir qismi bo'lib kelgan. Ayblovni olib tashlashsa, saylovgacha UEFA prezidenti bo'laman. Yoki biror klubga ishga kiraman.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar