Mirjalol Qosimov: "Sarkisyan faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettiradi"
23 dek 2013 13:56
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Sarkisyan faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettiradi"
Saytimiz orqali "Neftchi" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyanni "Bunyodkor"da faoliyat olib borishi haqida xabar bergan edik.
Bazi saytlar, ushbu xabarni inkor etishga urinishgan bo'lsada, Mirjalol Qosimov muxbirimiz Kamoliddin Alimov bilan suhbatda Yuriy Vazgenovichni shu kunlarda rasman "Bunyodkor"da faoliyat boshlash arafasida ekanligini tasdiqladi:
- Mansur Saidov va SHukurali Po'latovning "Bunyodkor"ga o'tishini Yuriy Sarkisyan bilan bog'lashyapti. Gap-so'zlarga qaraganda, Yuriy Vazgenovich sizning jamoangizda maslahatchi murabbiy vazifasida ishlar ekan. SHu malumot rostmi?
- Inkor etmayman. Yuriy Vazgenovich boy tajribaga ega mutaxassis. Uning tajribasidan foydalanish kerak. SHu maqsadda uni maslahatchi murabbiy lavozimiga taklif qilganmiz. SHu kunlarda kelishuv rasmiylashtiriladi.
P.S: Yodingizda bo'lsa, muxlislarga murojaat bilan chiqqan edik. Unda "SA"da chiqadigan xabarlar 95%ga to'g'ri bo'lishi, faqatgina bazi o'zgarishlar so'nggi lahzaga kelibgina amalga oshmay qolishi mumkinligini qayd etgan edik. Kuni kecha chiqqan Oniya borasidagi xabarga ham to'xtalib o'tamiz. Afrikalik bu futbolchi haqiqatdan ham "Andijon" bilan muzokara o'tkazgan va yanvar oyidan jamoa tarkibiga borib qo'shilishga tayyor ekanligini aytib o'tgan. Bazan futbolchilar o'z gaplarini juda tezkorlik bilan qaytib oladilar va tonadilar. Undaylarga maslahatimimz, ochiq o'yin qiling. Saytimiz u shohdan bu shohga o'tib yuruvchi futbolchilar orqali reyting qilmaydi va unga qarab ham qolmagan. Oniyani juda tezkorlik bilan jamoasini almashtira olishini 2012 yil misolida ko'rgan edik. Mavsum oralig'ida himoyachi bir vaqtning o'zida ham "Bunyodkor", ham "Paxtakor" jamoasi bilan shartnoma imzolagan edi.
"SA" - futbol ichidagi sayt.

Fikrlar