So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Mirzahakim To'xtamirzaevning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan “Orzular terma jamoasi” (4-sonning davomi) Yangiliklar

Mirzahakim To'xtamirzaevning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan “Orzular terma jamoasi” (4-sonning davomi)

Avvalroq, taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To'xtamirzaevning talqiniga ko'ra jahon yulduzlaridan (1990–…) tuzilgan “Orzular terma jamoasi”ni etiboringizga taqdim qilgandik.

Endi esa ananaga muvofiq o'zbekistonlik futbolchilardan (1992–…) iborat ramziy terma bilan tanishtirib o'tamiz.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston)

Sxema: 4-3-3

Darvozabon – Ignatiy Nesterov;

Himoyachilar – Vitaliy Denisov, Andrey Fyodorov, Asror Aliqulov, Viktor Karpenko;

Yarim himoyachilar – Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Sergey Lebedev;

Hujumchilar – Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix, Igor SHkvirin.

MURABBIY: Ravshan Haydarov.

Zaxiradagilar: Pavel Bugalo (darvozabon), Server Jeparov (yarim himoyachi), Timur Kapadze (yarim himoyachi), Anvar Soliev (hujumchi), Azamat Abduraimov (hujumchi), Eldor SHomurodov (hujumchi).

Darvozabon:

Ignatiy Nesterov (36 yosh) –  "Lokomotiv" (Toshkent) jamoasi azosi. Hozircha O'zbekiston MTJ tarkibidagi so'nggi o'yini Osiyo Kubogi-2019 1/8 finali doirasida o'tkazilgan Avstraliyaga (0:0, pen. 2:4) qarshi bahsga to'g'ri keladi. Umuman, Nesterov bosh jamoa darvozasini 105 o'yinda himoya qilgan. U 5ta qita birinchiligida (2004, 2007, 2011, 2015, 2019) ishtirok etgan osiyolik yagona futbolchi hisoblanadi. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.


Himoyachilar:

Vitaliy Denisov (32 yosh) – Rossiyaning “Rubin” jamoasi azosi. 2006-yil bosh jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgan. Hozircha terma libosida oxirgi o'yini 2018-yilning sentyabrida Eronga qarshi o'rtoqlik bahsiga (0:1) to'g'ri keladi. Umuman olganda esa Denisov termada 72 o'yinda qatnashib, raqiblar darvozasini bir bora ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan. 2013-yil O'zbekistonda yil futbolchisi deya tan olingan. 

Andrey Fyodorov (48 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1994-2006 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 65 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 bora ishg'ol etgan. Fyodorov 65ta o'yinning 61tasida (!) to'liq o'ynagan. 4ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, o'yin davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.

Asror Aliqulov (41 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1999-2008 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 63 bahsda maydonga tushgan. Aliqulov “Paxtakor” bilan ketma-ket besh yil (2003, 2004, 2005, 2006, 2007) O'zbekiston chempionati g'olibligini hamda mamlakat kubogini qo'lga kiritib, qatorasiga ikki mavsum (2002/2003, 2003/2004)  Osiyo CHempionlar Ligasining yarim finaliga qadar etib borgan. Terma jamoa safidagi 63ta bahsda 5 marta ogohlantirish olgan va biron marta ham maydondan chetlatilmagan.  

Viktor Karpenko (42 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2003-2014 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 61 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 bora ishg'ol etgan. U terma jamoa safida atigi bir marta ogohlantirilgan. Karpenko o'zining ilk va yagona sariq kartochkasini 2009 yilda JCH-2010 saralashida Bahraynga qarshi o'yinda olgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rtlikka kirgan.  


Yarim himoyachilar:

Odil Ahmedov (31 yosh) – Xitoyning “SHanxay SIPG” jamoasi azosi. 2007-yil bosh jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgan va hozirga qadar faoliyatini davom ettirmoqda. Terma libosida 102 o'yinda ishtirok etib, 20ta gol kiritgan. 6 karra (rekord: 2009, 2011, 2014, 2015, 2016, 2018) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. SHuningdek, “Anji” (2011) hamda “Krasnodar” (2015) safida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan. O'zbek futboli tarixidagi transfer narxi eng qimmat (“Transfermarkt” hisob-kitobiga ko'ra 2011 yil – 9 mln. evro) bo'lgan futbolchi. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan. 

Mirjalol Qosimov (49 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 67 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 bora ishg'ol etgan. 4 karra (1993, 1998, 2001, 2004) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. O'smirlar o'rtasida ikki karra (1987, 1988) Evropa hamda jahon (1987) chempioni. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. Qo'shimcha sifatida, Qosimov “Spartak Alaniya” safida UEFA Kubogi (hozirgi Evropa Ligasi) 1995/96 yilgi mavsum saralashi doirasida “Liverpul” (1:2) darvozasini jarimadan chiroyli tarzda ishg'ol etgandi.

Sergey Lebedev (50 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1994-2001 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 33 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. Malumot o'rnida, Lebedev futbolchilik faoliyati davomida jahon yulduzlari tarkibida maydonga tushgan yagona o'zbekistonlik hisoblanadi.


Hujumchilar:

Igor SHkvirin (56 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2000 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 31 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan. “Dnepr” (Ukraina) safida SSSR (1988), “Paxang” tarkibida Malayziya (1995), “Paxtakor” safida O'zbekiston (1998) hamda “Moxun Bagan” tarkibida esa Hindiston (2000) chempionatlarining titullarini qo'lga kiritgan. SSSR birinchi ligasi (1990, 37 gol), Osiyo o'yinlari (1994, 8 gol), O'zbekiston chempionati (1996, 22 gol) hamda Hindiston milliy futbol ligasida (2000, 11 gol) to'purar bo'lgan.

Maksim SHackix (41 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1999-2014 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 61 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 34 bora (rekord) ishg'ol etgan. 4 karra (2003, 2005, 2006, 2007) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. ECHL tarixida osiyolik ikkinchi (11 gol bilan) raqamli to'purar. “Super Maks” ECHLda “Bayer”, PSV, “Real”, “Nyukasl”, “Anderlext”, “Yuventus”, “Roma”, “Arsenal” kabi jamoalar darvozasiga to'p kiritgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rtlikka kirgan.

Aleksandr Geynrix (35 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2017 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 98 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 bora ishg'ol etgan. 2002 yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rtlikka kirgan. O'zbekiston (“Paxtakor”), Rossiya (CSKA) hamda Qozog'iston (“Aktobe”) chempionatlarida oltin medallarni qo'lga kiritgan.


Murabbiy:

Ravshan Haydarov (58 yosh) – hozirda O'zbekiston OTJ katta murabbiyi. 2002 yilda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2004 yilda Haydarov va Yurgen Gyode boshchiligidagi bosh jamoa Osiyo Kubogida chorak finalga qadar etib borgan. 2014 yilda O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasiga ustozi sifatida ishlagan. SHubhasiz, murabbiy sifatidagi uning eng katta yutug'iga 2018 yili Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionati g'olibligidir. SHu yili Osiyoning eng yaxshi uch murabbiyi qatoriga kirgan. Malumot o'rnida, u 1999 yil Germaniyaning "Leypcig" klubida murabbiylik malakasini oshirgan.

Zaxiradagilar: 

Pavel Bugalo (darvozabon, 45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1995-2007 yillar oralig'ida milliy jamoa darvozasini (40 o'yinda) himoya qilgan. Ikki bora (1996, 1997) O'zbekistonda yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. 

Server Jeparov (yarim himoyachi, 37 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2017 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 128 bahsda (rekord) maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 bora ishg'ol etgan. Ikki marta Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. SHuningdek, 2 bora O'zbekistonda yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rtlikka kirgan.

Timur Kapadze (yarim himoyachi, 38 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2015 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 119 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bora ishg'ol etgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rtlikka kirgan. 

Anvar Soliev (hujumchi, 41 yosh) faoliyatini yakunlagan. 2001-2009 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 44 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 8 bora ishg'ol etgan. “Paxtakor” safida O'zbekiston chempionatida eng ko'p (86 bora) darvozani ishg'ol qilgan futbolchi. SHuningdek, O'zbekiston chempionligi (12) hamda mamlakat kubogini (9) eng ko'p qo'lga kiritgan o'yinchi ham aynan Anvar Solievdir. Ko'pchilik muxlislarning yodida u “sehrli tayoqcha” nomi bilan yodda qolgan.

Eldor SHomurodov (hujumchi, 24 yosh) – Rossiyaning “Rostov” jamoasi azosi. Termadagi debyutini 2015-yil JCH-2018 saralashidan o'rin olgan Yamanga qarshi bahsda (1:0) o'tkazgan. SHomurodov hozirga qadar bosh jamoa libosida 42 o'yinda qatnashib, 19 bora raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Eldor 2019 yil bosh jamoa safida 13ta gol urib, eng yaxshi ko'rsatkichni ko'rsatdi. 

Azamat Abduraimov (hujumchi, 53 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-1997 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 22 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.

P.S. “Orzular terma jamoasi” loyihasining keyingi qahramoni kim bo'lishini xohlar edingiz?

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 1-son. Davron Fayziev.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 1-son. Davron Fayziev.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 2-son. Xayrulla Hamidov.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 2-son. Xayrulla Hamidov.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 3-son. Diyor Imomxo'jaev.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 3-son. Diyor Imomxo'jaev.

 “Orzular terma jamoasi” (jahon). 4-son. Mirzahakim To'xtamirzaev.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика