So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Mirobod tumani hokimiga rahmat! Yangiliklar

Mirobod tumani hokimiga rahmat!

Teglar :  Bolalar futboli
Qaerda, nima borligini bilish maqsadida Toshkentni barcha tumanlarini aylanib chiqishni boshladim.

Sport boshqarmasi tomonidan Bahodir Bahromov, associaciyasidan Baxtiyor Ibragimov men bilan. Kecha kun davomida, CHilonzor, Uch-Tepa, Sergeli va Mirobod tumanlaridagi barcha, 7ta BO'SM va IBO'SMda bo'ldik.


Men bir narsaga tan berganim, Mirobod tumanida so'nggi 2 yilda qilingan ishlar. SHunchaki gap yo'q. Bitta suniy maydon 75x105 (IBO'SM uchun), bitta 20x40 kichkina suniy maydon (BO'SM 2) uchun, bitta tabiiy maydon 35x60 (BO'SM 1). Yana bitta mahallaga sport kompleksi. 2017 yil IBO'SMda bitta musobaqa o'tkazgandik. U erga etib olishni o'zi bir azob edi. Hozir yo'llar tep-tekis (ko'p joylari). Prezidentni kelishini kutib o'tirmaydigan hokim.


Sport boshqarmalari ichida faqatgina Mirobod tumani vakilining o'z ofisi va ish joyi bor. Bizda muammo shundaki, hokimlar istasa hamma narsa bo'ladi, istamasa yo'q. Bugungi holatda, Mirobod tuman chempionatini o'tkazish mumkin.



Mirobod tumani sporti, har tomonlama Toshkentning boshqa tumanlariga yaqqol namuna. Hokimlik saytidan olgan malumotlarimga ko'ra, Po'latov SHuhrat 1978 yilda tavallud topgan, 2017 yil tuman hokimi etib tayinlangan. Umid qilaman, bu hokimning ishi bardavom bo'ladi va Toshkentning boshqa tumanlarining BO'SMlarini ham mana shunday holatga olib kelamiz.


Bugun yana 4ta tumanni aylandik. Ertangiga 3ta tuman qoldi. Nasib, yana 10 kun ichida davlat rahbarlari uchun Toshkent futbolining yangi loyihasini taqdim etamiz.


Foto: Mirobod tuman sport boshqarmasi. SHuhrat Po'latov yaqindagina tavallud ayyomini nishonlagan Aksana CHusovitinaga sovg'a topshirmoqda.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика