So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  9 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

JCH-1998 saralashi. Mirjalol Qosimov: "BAAga penaltidan gol ura olmagan o'yinimda maydonga tushishga loyiq emasdim, televizorga qarashga uyalganman" Yangiliklar

JCH-1998 saralashi. Mirjalol Qosimov: "BAAga penaltidan gol ura olmagan o'yinimda maydonga tushishga loyiq emasdim, televizorga qarashga uyalganman"

Joriy yilda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi ilk yurishini JCH-1998 saralashidan boshlagan.

O'shanda ilk raunddan muvaffaqiyatli o'tgan vakillarimiz ikkinchi bosqichda muammoga duch kelgan. Yaponiya, Janubiya Koreyaga safarda engilgan, Qozog'iston bilan durang o'ynagan terma jamoamiz Toshkentda BAAni qabul qilgan. Afsuski, o'yin amirliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan. O'sha bahsda penaltini golga aylantira olmagan Mirjalol Qosimov "Futbol tv" kanalida "France-98" saralashi haqida tayyorlangan ko'rsatuvda barchasini aytib berdi.

 


"Bir yildan oshiq vaqt futbol o'ynamaganman, mashg'ulot ham o'tmaganman. Operaciyadan so'ng suzish, gimnastikaga borib muolaja qilardim, lekin jamoa bilan mashg'ulot bo'lmagan, katta yuklama olmaganman. Ikki hafta yugurmasangiz, yig'gan jismoniy kuchingizni yo'qotasiz. Lekin bu erda xohish kuchli bo'ldi. Shu narsa murabbiylikda asqotdi. Futbolchi jismonan tayyor bo'lishi kerak. Hozir jismoniy tayyorgarlik ko'p narsani hal qilyapti.

Maydonga chiqdim, yordam bermoqchi bo'ldim. O'yindan oldin shifokorimiz Anatoliy Turikovdan dori so'raganim esimda. Hayolimda 45 daqiqa uchib yurgandek bo'ldim. Keyin 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadim. Muskullarim nol, jismoniy holatim ham shunday. Faqat xohish bor edi, lekin u bilan ish bitmaydi. Xuddi mashina baloniga o'xshardi.

Uyga kelib, o'yinni ko'rganimda televizorga qarashga uyaldim. Men uchun juda katta maktab bo'ldi. O'shandan keyin jismonan tayyor holatga kelmagunimcha maydonga chiqmaslikni odat qildim. BAA bilan o'yinda to'p tepishga loyiq emasdim, maydonga chiqishim kerak emasdi. Penalti ura olmaganim — aybim. Aslida, yo'q deb turib olishim lozim edi", — deydi Qosimov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика