So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Mirjalol Qosimovni qo'rquv engdi (tahlil) Yangiliklar

Mirjalol Qosimovni qo'rquv engdi (tahlil)

Superliganing 16-tur bahslari davom etmoqda.

Markaziy o'yin medallar uchun kurashayotgan AGMK va chempionlikni deyarli naqd qilgan "Paxtakor" o'rtasida bo'lib o'tdi. Uchrashuv taqdirini Aziz Turg'unboev tomonidan urilgan yagona gol hal qildi.

Paxtakor

Azizbek Turg’unboyev - 5'

Superliga. 16-tur

26/08/2021, 19:00

0
:
1
Tugadi

OKMK

45'
90'
5'  Azizbek Turg’unboyev
45'  Dragan CHeran
72'  Dragan CHeran (Abror Ismoilov)
72'  Diyor Xolmatov (Xojimat Erkinov)
86'  Boyan Matich (SHerzod Temirov)
86'  Sardor Sobirxo’jayev (Sharof Muhitdinov)
90'  Farrux Sayfiev
46'  Zafar Polvonov (Sanzhar SHoahmedov)
75'  Mirjamol Qosimov (Elvin Fortes)
75'  Dilshod Ahmadaliev (Mirg’iyos Sulaymonov)
82'  Abbos Otaxonov
86'  Sanjar Tursunov (Dilshod Jo’rayev)
90'  Murodjon Toshmatov (Shohruh Gadoyev)

AGMK "Paxtakor" uchun dunyodagi eng oson raqib

Mirjalol Qosimov AGMKga kelishidan oldin Olmaliq jamoasi Superligada 8-bo'lgandi. Qo'shoqovichning oldiga katta klub tuzish, chempionlik uchun kurashish va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish vazifa sifatida qo'yilgan. AGMKning medallar uchun kurashayotgani va OCHLda ishtirok etganini inkor qilib bo'lmaydi. Biroq, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi klub so'nggi yillarda "Paxtakor" uchun eng qulay raqiblardan biriga aylangani ham bor gap. Statistikaga etibor qiling: 9 o'yin, 1 durang, 8 mag'lubiyat. Qosimov shogirdlari faqat 2 o'yinda "Paxtakor" darvozasiga yo'l topishni uddalagan. Oxirgi 4 o'yindagi to'plar nisbati — 13:0.

"Paxtakor" o'yindan avval g'olib bo'lgandi

Xabaringiz bor, Mirjalol Qosimov 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynashni yoqtirmaydi. "SHerlar" bilan o'yinga esa 3-5-2 (yoki 5-2-1-2) taktik sxemasi tanlandi. Eshitishimizga qaraganda, jamoalarning asosiy tarkiblari elon qilinganidan keyin "Paxtakor" kiyinishi xonasida qiziq hangoma bo'libdi. Olmaliqliklar tarkibini ko'rib, futbolchilarda shunday fikr paydo bo'lgan: "Eh, qo'rqoqlar. Bo'ldi, biz yutdik"

Qosimovni "Paxtakor" emas, o'z qo'rquvi engdi

"Paxtakor"ning so'nggi 4 o'yinini kuzatganlar yaxshi biladiki, klub juda zaiflashib qolgan. Har gal qiyinchilik bilan minimal hisobda zafar quchayotgandi. "Bunyodkor", "Nasaf", "Mashal" va "Turon"ga qarshi o'yinlar taqdirini futbolchilarning "klass"i hal qildi. Bundan tashqari, "Andijon" ham "sherlar"ni himoyalanishga majbur qila olganini yaxshi eslaymiz. Ochig'i, AGMKdan ham shunday hujumkor futbol kutgandik. Ammo "Paxtakor"ning hujum chizig'idan cho'chigan Qosimov o'yinga himoyaviy taktika tanladi va shu tufayli 8-bor yutqazdi. Olmaliqliklar "Paxtakor"ning avvalgi raqiblariga nisbatan juda zaif ko'rinishdi. Bu fikrga qo'shilmayotganlarga eslatib o'tamiz, Mirjalol Qo'shoqovich tanlagan himoyaviy o'yin uslubi "Paxtakor"ga qarshi 4 daqiqa ish berdi xolos.

Himoya chizig'i o'yinga tayyor emasdi

Yuqorida Mirjalol Qosimov 5 himoyachi bilan o'ynashni xushlamasligini aytgandik. Endi esa AGMKning markaziy himoyasidagi trio tandemga nisbatan zaifroq ekanini ham bilib oldik. "Paxtakor" stadionidagi o'yinning 1-bo'limida AGMK mudofaa chizig'i "uxlab qolgandi". Raqib havodan uzatgan to'plarning 90 foizi manziliga aniq etib bordi. Gol ham shunday vaziyatdan keyin urilgandi.

Etibor qiling, uchrashuv davomida Sardor Rahmonov 3, Bobur Yo'ldoshev 7, Abbos Otaxonov 2, Murod Toshmatov hamda Dilshod Ahmadaliev 6 martadan to'pni yo'qotib qo'yishdi. SHu kuni "Paxtakor" mudofaasida o'ynagan SHerzod Azamov esa 90 daqiqada faqat 1 marta to'p yo'qotgan.

Abbos Otaxonov shu kuni 11 bor raqibi bilan yakkakurashlarga kirishib, 4 bor yutgan.  Havodagi kurashlarda esa faqat 2 bor to'pni qaytarishni uddalagan (6 bor yo'qotgan). Bu markaziy himoyachi uchun juda ham yomon natija. Solishtirish uchun, shu kuni 2-qavatdagi kurashlarda Anzur Ismoilov 1, SHerzod Azamov 3 marta raqibiga engildi.

CHap qanotda lateral vazifasini bajargan Murodjon Toshmatov "Paxtakor" jarima maydonchasi ichiga 5 bor "kross" amalga oshirdi. Ulardan nechtasi muvaffaqiyatli, bilasizmi? Hech biri!

Yarim himoya "avariya" holatida

Yovan Jokich, Sanjar Tursunov hamda biroz oldinroqqa chiqarilgan pleymeyker — Mirjamol Qosimov. Bir qarashda katta nomlardek tuyuladi. Ammo maydonda-chi? Bilasiz, maydon markazida o'ynovchi futbolchilar zimmasiga himoya va hujum chizig'ini o'zaro bog'lash vazifasi ham yuklatiladi. Masalan, "Real"da hujumlarni buzishga ixtisoslashgan Kazemironing 2 yonida mukammal uzatma ustalari Kroos hamda Modrich o'ynaydi. Jamoa oldinga o'tganda shu ikkisi asosiy planga chiqadi.

Endi esa AGMKga qaytamiz. Bilasizmi, o'yinni asosiy tarkibda boshlagan yarim himoyachilarning hech biri 1 ta ham vaziyat yaratmadi, birorta keskinlashtiruvchi uzatmani amalga oshirmadi. Bu xavbek uchun uyatli holat.

Jamoalar orasidagi tafovutni bilib olishingiz uchun aytamiz, shu kuni "Paxtakor" tarkibida o'ynagan Hojiakbar Alijonovning yolg'iz o'zi 3 ta xavfli vaziyat yaratib, 2 marta keskinlashtiruvchi uzatmani amalga oshirdi.

To'p hujum chizig'iga etib kelmadi

Yuqorida Qosimovning "Paxtakor"ga qarshi noto'g'ri taktika tanlagani haqida aytdik. Fikrimizni tasdiqlovchi yana bir asos bor. Turg'unboev 5-daqiqada hisobni ochdi. SHundan keyin AGMK hisobda ortda qolayotgani uchun murabbiy darhol B rejaga o'tishi va hisobni tenglashtirishga harakat qilishi kerak edi. Biroq, tanaffusga qadar o'tgan 40 daqiqada olmaliqliklar Eldor Suyunov darvozasiga 1 tayam aniq zarba bera olishmadi. Hujumchilarni to'p bilan taminlashda muammolar bo'ldi. Buni Zafar Polvonovning 1-bo'lim davomida to'pga atigi 2 bor tegganidan anglab olish qiyin emas.

Xullas, Mirjalol Qosimov himoyaviy uslubni tanlashi xato bo'lib, maydonga chiqqan "konchilar" o'yinga tayyor emasdi. SHu tufayli, "Paxtakor" AGMK ustidan navbatdagi bor oson g'alabani tantana qildi.

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика