So’nggi yangiliklar

23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  3 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  7 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  11 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

Mirjalol Qosimov: "Yurtimizdagi barcha matbuot va OAV xodimlarini professional kasb bayramlari bilan tabriklayman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yurtimizdagi barcha matbuot va OAV xodimlarini professional kasb bayramlari bilan tabriklayman"

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bugun, yani 27 iyun kuni yurtimizda nishonlanayotgan matbuot va OAV xodimlari kuni bilan qalam ahlini tabrikladi.

«Har bir yo'nalish va sohaning rivoji yo'lida matbuotning, ayniqsa jonkuyar jurnalistlarning o'rni va xizmati katta. Xususan futbol rivoji yo'lida bir qator jurnalistlar o'zlarining jonkuyarligi va faolligi bilan millionlar o'yinining targ'ibotiga katta hissa qo'shib kelishmoqda. Bu yo'lda nafaqat internet jurnalistikasi, balki televidenie, radio va boshqa yo'nalishlarda ham matbuot vakillari, shuningdek, kadr ortida xizmat qiluvchi ommaga ko'rinmaydigan qator fidoyi xodimlar katta mehnat qilishadi. Hozirgi zamonda futbolni matbuotsiz tasavvur etib bo'lmaydi. 

Umid qilamanki, yaqin yillar ichida nafaqat o'zbek matbuoti, balki jahon mediasi o'zbek futbolining yutuqli lahzalari haqida yozish bilan ovora bo'ladi. O'z ishini professional tarzda bajaradigan, o'rinli tanqid, tahliliy qarash va xolisona yondoshuv bilan qalam tebratadigan barcha matbuot va OAV xodimlarini chin yurakdan tabriklayman va ularga ijodiy muvaffaqiyat tilayman. Yurtimizdagi barcha jurnalistlarni professional kasb bayrami bilan tabriklayman», - deya o'z tilaklarini bildirdi Mirjalol Qosimov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика