Mirjalol Qosimov jamoasining ushbu mavsumdagi o'yinlariga necha baho qo'ydi?
20 noy 2025 19:18
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov jamoasining ushbu mavsumdagi o'yinlariga necha baho qo'ydi?
"Qisqacha aytadigan bo'lsam, ikki jamoa g'alaba uchun maydonga tushgandi, lekin durang qayd etildi. "Surxon" bugun yaxshi himoyalandi, pastki qismda juda zich bo'lib kutib oldi va imkon qadar g'alabaga intildi. Bizda ham shunday bo'ldi. Aytishadi-ku, futbol 90 daqiqa o'ynaladi va birinchi daqiqadanoq yonish kerak, deb. Birinchi bo'limda yigitlarga shasht etishmadi. Tanaffusda yigitlarga kerakli ko'rsatmalarni bergandim, ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynashdi. Yaxshi vaziyatlar ham bo'ldi, darvoza to'sinini ham nishonga oldik. Durang ikki jamoa uchun ham normal holat deb o'ylayman", – dedi Qosimov.

- Jamoaning salohiyatini inobatga olib, OKMKga qanday baho berasiz?
- Bunga hali vaqtli, oldinda so'nggi tur o'yinimiz bor. Biz yuqori o'rinlarga harakat qilgandik. Agarda umumiy baho beradigan bo'lsam, 5 dan 3 baho qo'ygan bo'lardim.
Lekin biz ko'prog'ini istagandik. Futbolda har xil vaziyatlar bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham yana urinib ko'ramiz.
O'tgan yili shu tarkib bilan 2-o'rinni olgandik, bu tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Beqaror o'yinlar ushbu mavsumda bizni 6-o'ringa tushirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar