So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Mirjalol Qosimov: "To'ydan oldin nog'ora chalmaymiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "To'ydan oldin nog'ora chalmaymiz"

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan AGMK – "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng olmaliqliklar bosh murabbiyi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- SHiddatli, tezkor va qarshi hujumlarga boy uchrashuv ko'rdik. O'ylaymanki, durang adolatli natija bo'ldi. Bizda ham, "Lokomotiv"da ham bir qancha qulay imkoniyatlar kuzatildi. Hech qanday vaqt cho'zishlarsiz, qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Hech bir jamoa ikkinchi raqam ostida o'ynamadi.

- Siz futbolchilik davringizda chempionat va kubok uchrashuviga qanday qaragansiz? Hozirgi futbolchilar bunga qanday qarashadi?

- Boshqalarni bilmadim-u, lekin men har bir o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rardim, hozir ham xuddi shunday. Maydonga tushgandan keyin hammasini muhim hisoblab, maydonda astoydil to'p tepish lozim.

- AGMK ushbu mavsumda birorta "quruq" o'yin o'tkazmadi, hamma uchrashuvda gol o'tkazmoqda. Savolim: siz Tojikiston chempionati futbolchisi (Andrey Mishenko – tahr.) evaziga himoyani kuchaytira oldim, deb o'ylaysizmi? Mishenkoning joriy mavsumdagi o'yiniga qanday baho berasiz?

- Mavsum endigina boshlandi, hali tugamadi. Jo'jani kuzda sanaymiz. To'ydan oldin nog'ora chalmaymiz. Hozircha yomon taassurot qoldirayotgani yo'q.

- AGMKda hujum bilan bog'liq muammo ham ko'zga tashlanmayaptimi? 2 ta hujumchi bilan harakat qilish haqida o'ylab ko'rmaganmisiz?

- Bu haqda boshida ham aytib o'tganman. CHempionat davomida buni amalga oshiramiz. Qolaversa, bugun ham yangi taktik sxemada o'yin olib bordik. Yangi taktikani sinovdan o'tkazdik. Mavsum boshidanoq kutilmaganda jarohatlar kuzatila boshlandi. Sekin-asta to'liq tarkib bo'lyapmiz. Vaziyatdan kelib chiqib hammasini tatbiq etamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика