So’nggi yangiliklar

09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  6 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  11 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  7 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  37 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  21 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  5 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  13 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  69

Mirjalol Qosimov: "Qo'qon-1912"ning jangovar o'yini menga syurpriz bo'lmadi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Qo'qon-1912"ning jangovar o'yini menga syurpriz bo'lmadi"

Coca Cola Superligasi 8-turi doirasida "Qo'qon-1912" jamoasi mag'lub etilganidan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'zining fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin juda ham shiddatli va jangovar ruxda o'tdi. CHunki, ushbu jamoalar turnir jadvalida ikkinchi, uchinchi o'rinlarda kelishayotgandi. SHu boisdan birinchi bo'lib gol urgan jamoa g'alaba qozonishi kerak edi. Ikkinchi bo'limda omadimiz keldi. O'yinni biroz kuchaytirdik va tezda birinchi golni urib oldik. Ikkinchi golda esa, menimcha Sanjar rostdan ham yil golini urdi. SHunday chiroyli goli bilan u jamoamizga g'alaba keltirdi. 2:0 hisobini yomon ko'raman. 1:0 paytida jamoa koncentraciyani yo'qotmaydi. SHuningdek, "Qo'qon-1912" jamoasiga ham qoyil qoldim, ular ikki to'p farqi bo'lishiga qaramasdan oxirigacha kurashishdi. Bunday o'yinlar orqali nafaqat futbolchilar, balki muxlislar va o'zbek futboli ham yutadi.

- Bugungi o'yinda Yovan Jokich markaziy himoyada o'ynagani nima bilan bog'liq?
- Umuman olganda hech nima bilan emas. O'tgan o'yinlarda masalan, Dilshod ham shu poziciyada o'ynab turgandi. Jokich ham bunga qadar shu poziciyada o'ynagan. Futbol shunday narsaki, hujumchi chap qanot himoyasida chap qanot himoyachisi bo'lib o'ynashi kerak. Himoyachi esa hujumda hujumchi bo'lib o'ynashi kerak. Qachonki futbolchilar doimo bir-birining o'rnini to'ldirib yursa, futbol yanada chiroyli bo'ladi.

- CHap qanot himoyasi bilan bog'liq muammo ham paydo bo'ldi.
- Norbekov tezkor futbolchi. Qolaversa, Sadullada sariq kartochka bor edi. SHu sababdan uni almashtirdim. Negaki, tezkor futbolchi katta tezlik bilan yugurib ketayotgan paytda yiqitilsa, ikkinchi sariq va bu qizilga aylanib ketishi mumkin edi.

- Ushbu o'yinni chempionatdagi eng yaxshi o'yin deb etirof eta olasizmi? CHetdan qaraganda azartga boy o'yin bo'ldi.
- "Nasaf" bilan o'yinda ham azart bo'ldi. Hozirgi zamonaviy futbolda g'alabaga erishish juda qiyin. Undan tashqari, buning uchun katta mehnat qilish kerak. SHu orqali inson xursandchilikni o'ziga taqdim qiladi.

- "Qo'qon-1912" o'z maydonida hujumkor o'yin ko'rsatayotgandi. Restartdan keyin esa jamoa "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda jamoa himoyaga yotib oldi.
- "Bunyodkor"ga qarshi o'yinni biz ko'rib chiqdik. Mehmonda o'ynaganini inobatga olsak, "Qo'qon-1912" unchalik himoyaviy o'ynagani yo'q. So'nggi daqiqalarda bo'lgan avtogol esa futbolning bir qismi. SHuning uchun ham men bu gapga qo'shilmayman.

- Demak, "Qo'qon-1912"ning bugungi hujumkor o'yini sizga syurpriz bo'lmadi.
- Albatta yo'q. Undan tashqari jamoa ikki nafar tayanch yarim himoyachi bilan o'ynadi. O'sha o'yinda ham ikkinchi bo'lim davomida sxemalar o'zgargandi. Bu futbolda tez-tez uchrab turadigan murabbiyning falsafasi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика