So’nggi yangiliklar

20:00Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" - "Хоразм" (онлайн ҳисоб)  1 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  1 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  5 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  0 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Японияга етиб борди  1 17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  1 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  0 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  1 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  6 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  6 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  5 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1

Mirjalol Qosimov: "O'yinni ko'rish uchun stadionga kelgan muxlislar yutdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "O'yinni ko'rish uchun stadionga kelgan muxlislar yutdi"

Superligasining 28-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Bunyodkor" (0:2) o'yinidan so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi Mirjlol Qosimov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'ylaymanki, o'yinni ko'rish uchun stadionga kelgan muxlislar yutdi. Sababi, o'yin shiddatli, ochiq va tomoshabop bo'ldi. "Buxoro" jamoasi ham bir necha marta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bizning futbolchilar ham vaziyatlarni ko'kka sovurishdi.

Dramatik o'yin guvohiga aylandik. So'nggi daqiqalarda ikkinchi sariq kartochka bilan qizil kartochka olib maydonni tark etgan futbolchi "Buxoro"ga pand berdi va natijaga tasir ko'rsatdi. O'z navbatida biz ham so'nggi daqiqagacha kurashdik va g'alaba qozondik.

Sovuq ob-havoga qaramasdan stadionga kelgan muxlislarga rahmat. Qolaversa poytaxtdan bizni qo'llab-quvvatlash uchun etib kelgan muxlislarimizga ham alohida minnatdorchilik bildiraman", - deydi Mirjalol Qosimov.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика