So’nggi yangiliklar

16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  0 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1

Mirjalol Qosimov: Musobaqani chiroyli yakunlab qo'yishimiz kerak Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Musobaqani chiroyli yakunlab qo'yishimiz kerak

Osiyo chempionlar ligasi 6-tur uchrashuvi doirasidagi Istiqlolga qarshm o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga jamoa sardori Sanjar Tursunov hamrohlik qildi.

Mirjalol Qosimov: «Biz uchun imkoniyatlar tugagan. Lekin musobaqani chiroyli tarzda yakunlab qo'yishimiz kerak. OCHLdagi oxirgi o'yinda muxlislarga chiroyli o'yin taqdim etib, g'alaba uchun kurashamiz. AGMK muxlislar va jamoa g'ururi uchun ham o'ynaydi. OCHL tugayotgani bilan hayot davom etadi. Bizni ichki chempionatda ham hali uzoq mavsum kutmoqda. Biz ertangi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ikkala jamoada ikki xil vaziyat. «Istiqlol» bilan o'yin qiziqarli bo'ladi»

— «Istiqlol» himoyaviy o'ynaydi. Ertaga AGMK ham o'yinni himoyadan quradimi? Ikkinchi savolim, ertaga yosh futbolchilarga imkoniyatlar beriladimi?

— Biz himoyaviy uslubda o'ynamaymiz. Yo'qotadigan narsamiz yo'q. Ertaga «Istiqlol»ning tartibli himoyasini yorib o'tishga intilamiz. «Istiqlol»ning himoyasi nafaqat biz uchun, balki «SHabab Al Ahli» va «Al Hilol»ga ham katta muammo bo'ldi. Ikkinchi savolga keladigan bo'lsam, albatta bizda hammaga imkoniyatlar beriladi. O'tgan o'yinlarda ham imkoniyatlar berildi.

Sanjar Tursunov:
«Biz bo'lajak o'yinga 1-tur uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak xuddi shu munosabatda taraddud ko'ryapmiz. Ertaga bizdan murabbiylar va muxlislar faqat g'alaba kutishadi va biz har doimgidek g'olib bo'lish uchun harakat qilamiz». 



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика