So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  0 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Mirjalol Qosimov: "Mag'lubiyatdan keyin ham qo'llab-quvvatlab, bizga dalda bo'lgan o'zbekistonlik barcha ishqibozlarga katta rahmat" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Mag'lubiyatdan keyin ham qo'llab-quvvatlab, bizga dalda bo'lgan o'zbekistonlik barcha ishqibozlarga katta rahmat"

AGMK - "SHabab Al Ahli" (2:1) ishtirokidagi OCHL 3-turi doirasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoaning tarixiy g'alabasi va mag'lubiyatdan keyin ularga dalda bo'lgan ishqibozlar haqida gapirdi.

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor Assalomu alaykum. Fursatdan foydalanib kecha tug'ilgan kunini nishonlagan jamoamiz futbolchisi Dilshod Jo'raevni va bugun tavallud kunini nishonlaydigan yordamchi murabbiy Xayrulla Karimovni jamoamiz nomidan tabriklayman. Ularga sog'lik, oilaviy baxt va omad tilayman.  O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, ikki jamoaga ham g'alaba muhim edi. Yutuq ishtiyoqida maydonga tushgandik. O'tgan uchrashuvdagi mag'lubiyatga qaramasdan futbolchilar o'yinga to'g'ri yondashishdi va yaxshi tayyorlanib, OCHL guruh bosqichidagi ilk g'alabani tantana qildik. Bu ham kichik tarix. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. G'alaba seriyasi ochilganidan xursandmiz. 

Raqib "SHabab Al Ahli" yaxshi, kurashuvchan va shiddatli futbol namoyish etadigan jamoa. O'ylashimcha, bugungi o'yin yaxshi darajada o'tdi. Ikkinchi taymda jamoamiz o'yinni kuchaytirdi va bu jihat bellashuv yakuniga borib o'z samarasini berdi. Xursandmiz. Lekin bu g'alabani esdan chiqarib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rish kerak. Hali hammasi oldinda. Fursatdan foydalanib bizga ishongan va o'tgan uchrashuvdagi mag'lubiyatga qaramasdan jamoamizni qo'llab-quvvatlab, dalda bo'lib turgan o'zbekistonlik barcha futbol muxlislariga katta rahmat aytamiz. Va ularni g'alaba bilan tabriklaymiz. 

Kambek? Men nafaqat o'yin so'nggida, balki uchrashuv avvalidan oldinga intilish va g'alaba uchun kurashishni ko'rsatma bergandim. O'yin so'nggiga yaqin himoyaga o'tirmasdan hujumga ko'proq intilish kerakligini takidlagandim. Futbolda 5 daqiqa ichida ko'p narsa ruy berishi va voqealar rivoji butunlay o'zgarib ketishi ham mumkin. Masalan, 1999 yilgi ECHL finalini eslaylik. O'shanda MYU "Bavariya" darvozasiga qo'shib berilgan 3 daqiqa ichida 2ta gol urib, g'alabani ilib ketgandi. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. SHu boisdan ham qo'shib berilgan daqiqalarni himoyada o'tkazmasdan oldinga o'tishni takidladim. Kambeklarning siri yo'q. Ko'p narsa xohish va ishtiyoqqa bog'lik. Futbolni majburan o'ynab bo'lmaydi".

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика