So’nggi yangiliklar

22:55"Сельта" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  9 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   0 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  163 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:09"Гёзтепе" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  10 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  17 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  66 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7

Mirjalol Qosimov: "Hozirgi natijamizni piar qilishning hojati yo'q" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hozirgi natijamizni piar qilishning hojati yo'q"

Coca Cola Superliga 13-turidan o'rin olgan "Buxoro" - AGMK uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.




"Uzoq davom etgan birinchi davra nihoyasiga etdi. Bugun shiddatli, qiziqarli, jangovor o'yin bo'ldi. Futbol shunisi bilan qiziq. Birinchi bo'limda barchasini hal qilish kerak edi. Gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarimiz bo'ldi, Mateni o'zida ikki martta golli vaziyat yuzaga keldi. Ikkinchi bo'limda darvozamizga kirgan ikkita to'pni biri ajoyib chiqdi, ikkinchisi rekoshetdan urildi. "Buxoro" jamoasiga qoyil qolish kerak, oxirgi o'yinga chiqqandek chiqishdi. Ularni turnir jadvalida egallab turgan o'rni mana shunday kurashishga majbur qilmoqda, ko'proq ochko jamg'arishi lozim. Durang bo'ldi, qaysidir manoda bunga o'zimiz ham aybdormiz. Yo'q joydan ikkinchi golni olib keldik. "Buxoro" qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. Yigitlarga ham oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytib qolaman.

Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Birinchi davrani mag'lubiyatsiz yakunladik. Bu ham o'ziga yarasha kichkina tarix. Buning uchun futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular bayram munosabati bilan qisqa fursatli tatilga chiqishdi. Uch yarim kunga dam berdik, futboldan va bir-biridan zerikishi kerak. CHunki, oxirgi to'rtta turda dam olish imkoniyati bo'lgani yo'q. Bazada bo'lib har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Faqatgina Husniddin G'ofurovni olish bilan cheklanmoqdamiz. Menimcha boshqa transfer bo'lmaydi.

Mavsum boshidan beri maqsadimiz o'zgargani yo'q. CHempionlar Ligasiga yo'llanma beradigan o'rinlardan birini egallash, kerakli natijaga erishib muxlislarimizni xursand qilish.

Muvaffaqiyatlarni hech qanday siri yo'q. "To'ydan oldin nog'ora chalmagan maqul". Yilni oxirida sarhisob qilamiz. Albatta mag'lubiyatsiz o'tkazish o'zi bo'lmaydi. Ikkinchi davrada ham jiddiy o'yinlar bor. O'zbekiston kubogida ham oldinga qadam tashlamoqchimiz. Bu erda ortiqcha piar qilishni hojati yo'q. Qachonki oldimizga qo'yilgan maqsadga erishsak o'shanda biror narsa desa bo'ladi.

Albatta, markazlashgan holatda chempionatni vaqtliroq o'tkazish kerak edi. CHunki, hamma joyda o'qimoqdamiz koronavirus bilan bog'liq kasalliklar ko'p. Bu o'zimiz o'ylagandek oddiy shamollash emas. CHunki, o'zimizni yaqinlar, bu kasallikdan qiynalishdi. Kecha yurgan insonlar bugan ko'z yumushmoqda. Bundan buyon hammamiz o'zimizga qarab ehtiyot bo'lib yursak bundan engil chiqamiz. O'zbekiston, butun dunyo koronavirusdan qutulishini istaymiz. Boshida etiborsiz bo'ldik. Masalan o'zimizni futbolchi Igor Zonich 38 kun davolandi. Ikkinchi davrada uy safar tizimida davom ettiriladi. Muxlislarga ham ruhsat berilsa uy safar tizimi yaxshiroq. SHunaqa boshlanadi. Ammo, oxirgi to'rtta turni shunday markazlashgan holatda o'tkazish mantiqqa to'g'riroq bo'lardi.

Suhrob Sultonovning xatolari? "Lokomotiv" bilan o'yinda kutilmagan holatda gol o'tkazib yubordi. Lekin, shunda ham Suhrobga jamoadoshing xato qilsa sen qutqarishing kerak dedim. Bugungi o'yinda ham "Buxoro" juda ajoyib gol urdi. Kutilmagan holatda to'pni tepdi. Bu borada mashg'ulotlarda ishlanadi",- deydi Qosimov.



Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика