So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Mirjalol Qosimov: "Haqli ravishda g'alaba qozondik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Haqli ravishda g'alaba qozondik"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan AGMK - "Turon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alabasiz seriyamizdan so'ng bugun muxlislarni xursand etish va kerakli ochkolarni jamg'arib olishni maqsad qilib, bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. O'tgan uchrashuvga nisbatan tarkibda qator rotaciyalarga qo'l urdik. Imkon boricha  barcha futbolchilarga doimiy imkoniyat bermoqdamiz. O'ylaymanki, bugun yaxshi o'yin namoyish etib, haqli ravishda g'alaba qozondik. Ayni paytda chempionatda oson o'yinlar qolmagan. Musobaqa jadvali yuqorida sovrinli o'rinlar uchun kurash keskin kechmoqda. Turnir jadvalining quyida ham har bir jamoa ochko uchun qattiq bellashmoqda. Igor SHkvirin boshqaruvidagi" Turon" ham yaxshi jamoa. Ularga kelgusi o'yinlarda omad tilayman.

Bizni buyog'iga ham yanada jiddiy o'yinlar kutmoqda. Kerakli ochkolarni jamg'arish kerak. AGMK kelasi o'yinlarda ham faqat g'alaba uchun maydonga tushib, muxlislarini xursand qilishga astoydil harakat qiladi. Bugungi g'alabani bizni doimo qo'llab-quvvatlaydigan ishqibozlarimizga bag'ishlaymiz",- deydi Mirjalol  Qosimov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика