So’nggi yangiliklar

01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1

Mirjalol Qosimov: "Oddiy vaziyatlarda juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Oddiy vaziyatlarda juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik"

OKMK - "Bunyodkor" o'rtasidagi Superliganing 2-tur o'yinidan so'ng mezbon jamoa ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. "Bunyodkor" jamoasini tabriklayman. Yoshlarimiz ham uchrashuv oxirida jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi-ku. Futbol shunisi bilan qiziq. Oddiy vaziyatlarda juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Raqib ham yaxshi harakat qildik, zich himoyalandi. Hujumchilari ham yaxshi harakatlandi. Bizga noqulayliklar tug'dirdi. Birinchi bo'limda o'tkazib yuborilgan golimizga bahona topishimiz kerakmas. Ikkinchi o'tkazib yuborilgan goldagi penaltini ham yo'q joydan yuzaga keltirdik. Botirali oddiy o'ynab, autga chiqarib yuborishi kerak edi. 


- Odatda, g'alabali o'yindan keyin murabbiylar darvozabonni almashtirmaydi. Valijon Rahimov o'zini yaxshi ko'rsatgandi. Ergashev ham eng kuchli darvozabonlardan biri. Lekin bugun uning kuni emas ekan. Buni qanday izohlaysiz?

- O'yinchilarni tekshirish lozim edi. Qolaversa, ko'p rotaciya qilaman. Qo'l ostimda nechta o'yinchi bo'lsa, imkon qadar hammasidan foydalanishga harakat qilaman. Bu ham xatoim bo'lishi mumkin. SHu vaziyatda Valida ham shunday holat yuzaga kelishi mumkin edi. Bu narsaga etibor bermaymiz. Bugun yutqazishimiz kerak edi. Juda ko'p xatolar qildik. CHempionat endi boshlandi. Bahorda hamma jismonan tayyor bo'lmaydi. SHogirdlarimga ham aytaman, "Allohdan boshqa hamma xato qiladi, lekin xulosa chiqarish senlardan", deyman. 


- Siyavash maydonda bo'lganida, maydonda kreativlik yaxshi bo'ladi. Bugun uni zaxirada qoldirish xato bo'lmadimi?

- Yuqorida aytganimdek, kimdandir xato topishga emas, hammadan foydalanishga harakat qilaman. Bugun hammamiz yutqazdik. Negaki har xil vaziyat bo'ladi. Bu, mening qarorim. 


- Hakamlarga etirozingiz bormi?

- Ularning o'z rahbari bor. Taqqoslash uchun aytishim mumkin, bizning o'yinchimiz to'xtatib qolinganda, raqibga sariq kartochka ko'rsatilmadi. Lekin ketma-ket yo'q joydan uchta sariq kartochka ishlab oldik. U ham inson. Uning ham xato qilishga haqqi bor. Ko'proq o'zimiz raqibga xatolarimiz bilan yordam berib yubordik. 

- Klub rahbariyati jamoaga qanday aniq maqsad qo'ygan?

- Qaerda ishlashimdan qati nazar, oldimizga yuqori maqsad qo'yganman. Lekin har doim ham o'ylaganingdek bo'lavermaydi.


- O'tgan o'yinda ham birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgansiz. O'shanda o'yindan keyingi intervyuda ham hali mavsum boshi ekanligi, futbolchilar o'z o'yinlarini topib olishlari lozimligini takidlagansiz. Mavsumga tayyorgarlik davomida o'nga yaqin o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdingiz. Bu etarli bo'lmadimi?

- Bahorda hech qaysi jamoa yuz foiz tayyor bo'lmaydi. 100% faqat yoshlar termamiz tayyor, chunki ular qita musobaqasida ishtirok etmoqda. Ularning maqsadi jahon chempionatiga yo'llanma olish edi. 1-turda hech kim durang uchun ham harakat qilmadi, faqat g'alabaga intildi. Qaysi jamoa yaratilgan vaziyatlardan unumliroq foydalangan bo'lsa, g'alabani qo'lga kiritdi. "Surxon"ga qarshi bahsda ham, bugun ham birinchi bo'limda darvozamiz tarafga yo'naltirilgan to'p gol bo'ldi. Undan oldin besh-olti bor shunday vaziyat yuzaga kelganda, hech qanday gap-so'z bo'lishi mumkinmasdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика