So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Mirjalol Qosimov: "Fortes mening uyimda dalada ishlamaydi. Muammo uning o'zida" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Fortes mening uyimda dalada ishlamaydi. Muammo uning o'zida"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan qoldirilgan AGMK - "Qizilqum" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.





"Mag'lub bo'ldik, "Qizilqum"ni tabrkilayman. Futbol shunday qiziqarli o'yin. Kimdir xato qiladi, kimdir o'shandan foydalanadi. Bizda birinchi taymning o'zida imkoniyat bo'lgandi, ammo Gadoev gol ura olmadi. Agar o'sha gol bo'lganida vaziyat boshqacha bo'lardi deb o'ylayman. Ikkinchi taymda shoshildik, hisobda ortda qolayotganimiz bois oddiy vaziyatlarda to'p yo'qotdik. Akrom Komilovning qizil kartochkasi ham pand berdi. So'nggi daqiqalarda hech bo'lmasa durangga erishishga urindik. Bundan xulosa chiqaramiz, hamma o'yinda yutishning iloji yo'q. G'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishini boshlaymiz", - deydi Mirjalol Qosimov. 

- Akrom Komilov yoki Elguja Grigalashvili birinchi taymning o'zida ko'p etiroz bildirishdi. Ikkinchi taymda ulardan biri qizil kartochka olishi aniqdek edi...
- To'g'ri undan oldin ham ikkita vaziyat bo'lgandi, hakamning qarorini tushunmadim. Bitta vaziyatda esa sariq kartochka ko'rsatildi. Futbol ikkita darvozaga o'ynaladi. Boshqa gapim yo'q.

- Bugungi mag'lubiyatda darvozabonning qanchalik aybi bor?
-
Kim xato qilmaydi? Yaratgandan boshqa hamma xato qiladi. Lekin yigitlar ikkinchi taymda tushib oxirigacha kurashishdi. "Bunyodkor" bilan o'yinda Jokich ham qizil kartochka olgandi va ikkinchi taymda g'alaba qozonib ketgandik. Hakamning so'nggi hushtagi chalinguniga qadar yigitlar harakat qilishdi. SHu narsa meni qoniqtirdi.

- Elvin Fortes bugun zaxiradan tushdi. Bir muddat u o'rinbosarlar safida ham ko'rdik. Qandaydir muammo bormi?
- Muammo o'zida. Muammo menda emas, u mening uyimda dalada ishlamaydi. Futbolchi uchun birinchi navbatda jamoa bo'lishi kerak.

- Darvozabonlarning saviyasi jamoaga mos keladi deb o'ylaysizmi?
- Bilasiz bizda uch nafar bir xil darvozabonimiz bor. Superligada ham, OCHLda ham barcha posbonlarimiz tushishdi. Futbol shunday o'yin, xatolar bo'lib turadi. Beayb parvardigor.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика