So’nggi yangiliklar

10:10Рафинья Неймар, Кака, Ривалдо рекордини янгилади  4 09:54Суперлиганинг илк турида ҳакамлар нечта хатога йўл қўйишди?  2 09:41Суперлиганинг 2-турида ишлайдиган расмийлар билан танишинг  3 09:33«Реал» етакчиси «Атлетико»га қарши учрашувни ўтказиб юбориши мумкин  4 09:04«Ливерпуль» ёзда 5 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  4 08:35Харри Кейн тарихий натижани қайд этди  2 08:10Элит ОЧЛ. "Пахтакор" сафарда "Ал-Ҳилол"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди.  11 08:02Sofascore. Кечаги учрашувда «Пахтакор» футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:33"Пахтакор" бош мураббийи ўйиндан кейин нималар деди?  17 03:45ЕЧЛ. ПСЖ пенальтилар сериясида "Ливерпул"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди. "Бавария" ва "Интер" ҳам чорак финалда  131 03:05Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" ўз майдонида "Пахтакор"га тўртта гол урди  159 00:45ЕЧЛ. "Барселона" жавоб ўйинида "Бенфика"га ҳеч қандай имконият қолдирмади ва чорак финалга йўл олди  86 23:42"Пахтакор" ва "Ал Ҳилол" ўзаро ўйинлар тарихи  6 23:41"Барселона" – "Бенфика" учрашувида рўзадор футболчилар оғиз очиб олиши ўйин тўхтатиб турилди  17 23:25Фримпонг "Барса" ёки "Реал"га ўтмоқчи  6

Mirjalol Qosimov: "Aniq zarbalar kam? Unda to'pni yoki futbolchini o'zgartirish kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Aniq zarbalar kam? Unda to'pni yoki futbolchini o'zgartirish kerak"

Coca-Cola Superliganing 15-turidan o'rin olgan AGMK - Nasaf (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Bugun muhim uchrashuv edi. Futbol shunisi bilan qiziq, lekin muxlislar jangovor o'yin tomosha qilishdi deb o'ylayman. Hakamning o'yinni yakunlovchi hushtagi chalingunicha o'ynash kerak. So'ngi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. "Nasaf" haqli ravishda durangga erishdi deb o'ylayman. 

- Futbolchilar ikkinchi bo'limda ko'proq uzoqdan zarba berishdi...

- Ikkinchi bo'limda uzoqdan zarbalar ko'payib ketdi, menga ham shunday ko'rindi. Bundan tashqari bizda xavfli hujumlar ham bo'ldi. Ochilish kerak edi va bundan unumli foydalanish lozim edi. "Nasaf" yutqazib turganda oldinga tashlandi, biz bundan unumli foydalanishimiz zarur edi. Aqlni ishlatib futbol o'ynaydigan vaqtda futbolchilarimiz qarshi hujumlardan unumli foydalanishmadi. Ikkinchi golni urganimizda o'yin boshqacha tus olgan bo'lardi. Xorij futbolida qo'shimcha daqiqalarda kiritilgan gollar ko'p. Hayot davom davom etadi, keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. 

- Ro'ziqul Berdiev durang natijani jamoasi uchun qoniqarli baholadi. Bu borada sizning fikringiz qanday? 

- Qo'shimcha daqiqalarda gol o'tkazib yuborish biz uchun alamli. "Nasaf" oxirigacha o'ynab gol urdi, ochkoga ega bo'ldi, bu ular uchun yaxshi natija.

- Oxirgi 3 ta o'yin durang natija bilan yakunlandi. Jamoada aniq zarbalar soni kamdek ko'rinmoqda, bu nima bilan bog'liq?

- Aniq zarbalar kam? Unda to'pni yoki futbolchini o'zgartirish kerak (kuladi). Bizni oldinda "Neftchi"ga qarshi kubok uchrashuvi kutib turibdi. Bizda rotaciyalar har doim bo'lgan. Bugun ham tarkibda o'zgarishlarga qo'l urdik.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика