So’nggi yangiliklar

21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  2 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  2 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  4 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  7 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  5 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  5 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  8 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  2 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  4 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  8

Milutin Sredoevich: "Musobaqadagi dastlabki maqsadimizga erishdik" Yangiliklar

Milutin Sredoevich: "Musobaqadagi dastlabki maqsadimizga erishdik"

"Navruz Cup-2022" musobaqasi yarim finali doirasidagi Uganda - Tojikiston (1:1, pen 5:4) uchrashuvidan keyin Uganda bosh murabbiyi Milutin Sredoevich matbuot anjumanida qatnashdi.

"Qiziqarli va shiddatli o'yin bo'ldi. Texnik tomonlama shakllangan yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. Tojikiston oson raqib emasdi. Qiyin o'yin bo'ldi. Lekin biz o'z taktikamizni o'zgartirdik va o'yinni tenglashtirdik. O'zgarishlardan keyin biroz o'yinimiz o'xshamadi, darvozabonimiz ham xato qildi. Tojikiston himoyasini yorib o'tish qiyin bo'ldi. Muhim o'yinda, muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Ushbu terma jamoamizda turli yoshdagi futbolchilar bor. Ko'p futbolchilar U-20 terma jamoasi azolari hisoblanadi. Yoshlar o'rtasidagi Afrika Millatlar kubogida qatnashishgan, ular Uganda futboli kelajagi hisoblanadi. Ushbu yosh futbolchilar bilan birga kichik tarix yaratib, musobaqada g'alaba qozonishni xohlaymiz. Birinchi maqsadimiz finalga chiqish edi va birinchi maqsadimizga erishdik", - dedi Sredoevich.

- Afrika terma jamoalari jismoniy tomonlama kuchli o'ynaydi, ammo bugun Uganda Tojikistondan jismoniy tomonlama kuchli ko'rinmadi...

- Albatta sizning fikringizni hurmat qilgan holda shuni aytamanki bugungi o'yinga tayyorlanish uchun 48 soat vaqtimiz bor edi. Iqlim boshqa, maydon boshqacha ekan. Seshanba kuni Namanganga keldik va bugun o'yin o'tkazdik. Ko'plab muxlislar Tojikistonga tomonida bo'ldi, bu ham bahsga biroz tasir qildi deb o'ylayman. 

- Darvozabon xato qildi, lekin penaltilar seriyasida ikkita seyv qildi va jamoaga g'alaba keltirdi. U haqida qanday fikrdasiz? 

- Milliy terma jamoa darajasida futbolchilarimizda biroz tajriba etishmasligi mumkin. Bitta yoki ikkita xato qilish mumkin, agar ketma-ket xatolarga yo'l qo'yganida uni balki almashtirgan bo'lardik. 

- Bugun penaltilar seriyasiga etib borishini kutganmidingiz? Namanganga ko'p futbolchilarni olib kelibsiz, keyingi bahsdan oldin tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?

- O'yindan keyin bugungi bahsni o'rganib chiqamiz va xatolarni to'g'rilashga harakat qilamiz. Tojikiston FIFA reytingida ulardan ancha yuqoridamiz, ammo transfermarkt portaliga qarasangiz bizning hozirgi tarkibimiz 2, Tojikiston terma jamoasi umumiy narxi esa 7 millionga teng ekan. Uganda terma jamoasining o'rtacha yoshi ancha yosh. Iyun oyida Afrika millatlar kubogi saralashi bo'ladi va unga kuchli tarkib shakllantirishga harakat qilamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика