So’nggi yangiliklar

02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  0 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  5 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  7 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  4 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6

Milliy terma jamoa 27 avgustda yig'in boshlaydi Yangiliklar

Milliy terma jamoa 27 avgustda yig'in boshlaydi

30 futbolchidan iborat O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaman va Filippin terma jamoasiga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 27 avgust kuni yig'inga kiradi.

Yig'in davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish va jamoaning texnik va taktik xarakatlarini takomillashtirishga bag'ishlangan nazariy va jismoniy mashg'ulotlarga etiborni kuchaytiradi.

Avval xabar berib o'tilganidek, 30 nafar futbolchining barchasi 27 avgustdan yig'inga kirish imkoniyati ega bo'lmaydi. Legionerlar FIFA reglamentiga muvofiq, klublarning ruxsati bilan Yaman bilan o'yinga 5 kun qolgandagina terma jamoa ixtiyoriga uchib ketish huquqiga ega bo'ladi.

Milliy terma jamoaning Yamanga qarshi uchrashuvi 3 sentyabr kuni soat 19:00 da Toshkentdagi markaziy “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi.

3 sentyabr kuni, shuningdek, “N” guruhining ikkinchi uchrashuvi Manamada Bahrayn va guruh peshqadami SHimoliy Koreya o'rtasida o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:40 da boshlanadi.

5 ta jamoa o'ynaydigan “N” guruhida 3-turda Filippin terma jamoasi dam oladi. SHu kuni Filippinlik futbolchilar Maldiv orollari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da “Rizal Memorial” stadionida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi Yamanga qarshi o'yindan keyin 6 sentyabrgacha Toshkentda shug'ullanadi. 6 sentyabr kuni ertalab terma jamoa delegaciyasi charter reys bilan Manilaga uchib ketadi. O'zbekiston terma jamoasining Filippinga qarshi uchrashuvi esa 8 sentyabrda Toshkent vaqti bilan 20:00 da Bokayu Sitida boshlanadi.

3-tur oldidan “N” saralash guruhida SHimoliy Koreya va Filippin 2 ta o'yindan keyin 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlarni egallab turgan Bahrayn, O'zbekiston va Yaman terma jamoalarida esa hozircha ochko yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика