So’nggi yangiliklar

21:45ЦСКА - "Рубин". Кимлар асосий таркибда?  1 21:40Жамшид Саидов: "Биринчи бўлимда хатоларимиз кўп бўлди"  1 21:36Виталий Левченко: "Ғалабани қўлдан чиқардик"  5 21:21"Реал" кейинги баҳсда чемпионликни нишонлашни хоҳламаяпти  5 20:55FourFourTwo рейтинги. Алонсо учинчи, Анчелотти тўртинчи ўринда  5 20:36ФИФА рейтинги. Ўзбекистон футзал жамоаси 11 ўринда  8 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Қизилқум" билан ўйиннинг сўнгги дақиқасида ғалабани қўлдан чиқарди  53 19:45АПЛнинг бир қанча клублари Дюмфрисга қизиқиш билдирмоқда  1 19:16Франция президенти Мбаппе Олимпиадада ўйнашини хоҳламоқда  8 18:47Малайзия терма жамоаси футболчисига кислота сепилди  3 18:18"Андерлехт" "Бавария" дарвозабонига қизиқмоқда  1 17:49"Бавария" вингери машғулотларга киришди  1 16:55Бьелса Уругвай терма жамоасига ҳаваскорлар лигасидан футболчи чақирди  3 16:28Магуайр жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмида майдонга туша олмайди  2 16:00Маккенни "Ювентус"да қолмоқчи  0

Milliy futbol markazining vazifalari, sport bog'liq bo'lmagan maqsadlarda foydalanilishi taqiqlanadigan stadionlar, futbol trenerlarini rag'batlantirish tizimi. Prezident qarorida yana nimalar belgilab qo'yilgan? Yangiliklar

Milliy futbol markazining vazifalari, sport bog'liq bo'lmagan maqsadlarda foydalanilishi taqiqlanadigan stadionlar, futbol trenerlarini rag'batlantirish tizimi. Prezident qarorida yana nimalar belgilab qo'yilgan?

Prezidentning 3 noyabr kuni imzolagan “Futbol-talim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan mamlakat futbol tizimi sohasida qator yangiliklar belgilandi.

Qarorda takidlanishicha (hujjat nusxasi Championat.asia`da bor), ushbu qarorni tayyorlashda Argentina, Vengriya, Marokash va Franciyaning professional futbolni rivojlantirish bo'yicha tajribasi joyiga chiqib o'rganilgan. 

Milliy futbol markazi

Qarorda Milliy futbol markazining asosiy vazifalari belgilab qo'yildi. Jumladan:

- ilg'or xorij tajribasini o'zlashtirish hamda tajribali xalkaro mutaxassislarni jalb qilgan holda trener va futbolchilarni zamonaviy, innovacion metodikalar, ilmiy-tahliliy yondashuv asosida tayyorlash; 

- barcha darajadagi futbol-talim muassasalarida yagona yondashuv asosida futbolchilarni tayyorlashni tashkil etish hamda ularni ilmiy va metodik taminlash;

- futbolchilarni tayyorlashning barcha bosqichlarini raqamlashtirish orqali shaffof saralash (selekciya) ishlarini tashkil etishda inson omili aralashuvini keskin qisqartirish; 

- joylardagi futbol akademiyalari va maktablaridan saralab olingan eng iqtidorli va yuqori mahoratga ega futbolchilarni — terma jamoalarga nomzodlarni zamonaviy futbolga mos usul va falsafa asosida professional tayyorlash; 

- futbolchilarga zamonaviy talim berish, jumladan chet tili va O'zbekiston tarixi fanlarini chuqurlashtirilgan holda o'rgatish, futbol sohasiga yo'naltirilgan kasblarga o'qitish tizimini joriy etish;

- futbol bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ilg'or xorijiy sport texnologiyalarini jalb etgan holda sohani rivojlantirishga erishish; 

- futbolchilarning jismoniy holati va rivojlanishini doimiy nazorat qilib borish hamda ularga zamonaviy tibbiy xizmat ko'rsatish, shu jumladan futbol-talim muassasalariga sport tibbiyoti yo'nalishida ilmiy-metodik yordam ko'rsatish va futbolchilarda o'tkir, surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolashni tashkil etish.

Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi

Qaror bilan, shuningdek, Osiyo futbol konfederaciyasi talablari asosida futbol, futzal va sohil futboli trenerlariga tegishli licenziyalar berish yagona tizim asosida Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi orqali amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan bog'lik ishlarni joylarda samarali amalga oshirish uchun hududiy futbol associaciyalarida ularning mablag'lari hisobidan alohida mutaxassis lavozimi kiritiladi.

Respublika futbol akademiyasi

Qarorda takidlanishicha, Respublika futbol akademiyasi barcha yosh toifalari bo'yicha terma jamoalarga professional futbolchilarni etkazib berish bo'yicha bosh futbol-talim muassasasi hisoblanadi. O'quvchilarining umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etib, ular 13—19 yosh toifalaridan iborat bo'ladi. 

O'quvchilar “Olimpik” va boshqa professional futbol klublarida faoliyat olib boradi hamda respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishi taminlanadi.

Hududiy futbol akademiyalarida 2024/2025 o'quv yilidan boshlab o'quvchilarining umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etib, ular 12—18 yosh toifalaridan iborat bo'ladi. Mazkur akademiyalar huzurida sport klubi tashkil etiladi hamda respublika va xalkaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishi taminlanadi.

Milliy futbol markazi Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida barpo etilayotgan Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi va unga tutash hududda tashkil etiladi. U erda zarur bino-inshootlar, futbol maydonlari, futzal va futbol yopiq inshootlari, mehmonxona, Sport tibbiyoti va reabilitaciya markazi, suzish havzasi, oshxona kabi obektlar barpo etiladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi tomonidan Milliy futbol markazini tashkil etish bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida 2024—2025 yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelgusida O'FAga ajratish uchun 10 yil muddatda, 3 yillik imtiyozli davr bilan 50 mln dollar foizsiz kredit ajratiladi.

Milliy futbol markazi va Respublika futbol akademiyasida yuqori malaka va ko'nikmaga ega bo'lgan, ilg'or xorijiy tajribani o'zlashtirgan “texnik direktor” rahbarlik qiladi

Hududiy futbol akademiyalari

Hududiy futbol akademiyalari faoliyatini rivojlantirishning qo'shimcha yo'nalishlari etib har bir futbol akademiyasi uchun zarur sport infratuzilmasini yaratish (3 ta tabiiy, 1 ta suniy qoplamali futbol maydoni, minifutbol, trenajyor va gimnastika zallarini o'z ichiga olgan 24x60 o'lchamli yopiq manej, 100 o'rinli faollar zali, 6x15 o'lchamli ixcham suzish havzasi, 154 o'rinli yotoqxona, 8 ta o'kuv xonasi, sport tibbiyoti va reabilitaciya xonasi, 2 ta mamuriy xona va 100 o'rinli oshxona) belgilanmoqda.

SHuningdek, futbol-talim tizimining barcha bosqichlarini to'liq rakamlashtirish orqali inson aralashuvini cheklash, o'kuvchilarni zamonaviy texnologiyalar asosida saralashni (selekciya) yo'lga qo'yish ham akademiya vazifasiga kiradi.

Futzal bo'yicha Jahon chempionati

2024 yil sentyabr oyida O'zbekistonda futzal bo'yicha Jahon chempionati o'tkazilishi munosabati bilan hududlarda futzal jamoalari tashkil etilishi qarorda qayd etilmoqda. 

SHu jumladan, professional futbol klublari huzurida futzal bo'yicha asosiy, yoshlar va ayollar jamoalari faoliyati yo'lga qo'yiladi. Ushbu jamoalar uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasi yaratiladi. 

2023 yil 31 dekabrga qadar hududlardagi barcha stadion va futbol maydonlari xatlovdan o'tkaziladi. Talim va sport tashkilotlari hamda egasi nomalum stadion va futbol maydonlari sport faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilish taqiqlanadi

Faoliyatini yakunlagan futbolchilar hamda “birinchi murabbiy” tizimi

2024 yil 1 yanvardan boshlab professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchi va mutaxassislarga O'FAning ijobiy xulosasi asosida xususiy sektorda amalga oshiradigan futbolni rivojlantirish loyihalari uchun, istisno tariqasida, Markaziy bank asosiy stavkasida milliy valyutada 1,5 mlrd so'mgacha, 5 yildan kam bo'lmagan muddatda imtiyozli kredit ajratiladi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab FlFA talablariga muvofiq “birinchi trener” tamoyili asosida futbol trenerlarini rag'batlantirish tizimi yo'lga qo'yiladi. Bunda, yuqori mahoratli futbolchini bosqichma-bosqich tayyorlagan trenerlar futbolchi bilan professional faoliyati davomida tuziladigan shartnomalarning summalari hisobidan munosib rag'batlantirib boriladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика