So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  12 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  17 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Millionlar ketidan. RPLdan Xitoy Superligasiga o'tgan futbolchilar Yangiliklar

Millionlar ketidan. RPLdan Xitoy Superligasiga o'tgan futbolchilar

Bir necha kun oldin "Spartak" yarim himoyachisi Fernando 15 mln. evro evaziga "Beyjing Goan" klubiga o'tdi.

Etiboringizga Rossiya Premer-ligasidan Xitoyga o'tgan futbolchilarni taqdim etamiz.


Zvezdan Misimovich ("Dinamo"dan "Beyjing Jenxe"ga)

Rossiya Premer-ligasidan Xitoy Superligasiga o'tganlarning birinchisi bosniyalik Zvezdan Misimovich bo'lgan. Moskvaning "Dinamo" klubida bir yil o'ynagan Zvezdan 3,5 mln. evro evaziga "Beyjing Jenxe"ga o'tgan. Bosniyalik Guychjou provinciyasidagi jamoada to'rt mavsum muvaffaqiyatli to'p tepib, faoliyatini yakunlagan. Bu vaqt ichida u 85ta bahsda maydonga tushib, 16ta gol urishga erishdi.


Xalk ("Zenit"dan "SHanxay SIPG"ga)

"Zenit" 2016 yilning yozida 55 mln. evro evaziga Xalkni "SHanxay SIPG"ga sotishga qaror qildi. Ko'pchilik braziliyalik Evropaga ketadi deb o'ylagandi, biroq u boshqa yo'lni tanladi. SHanxay klubi futbolchiga yillik maoshi 20 mln. evro bo'lgan bitim taklif qildi va forvard taklifni rad eta olmadi. Ayni damda Xalk 33 yoshda va u hozirgacha Xitoy klubida to'p tepmoqda. U o'tgan mavsum Superliga chempioniga aylandi. Braziliyalik hisobida 72ta uchrashuv va 41ta gol bor.


ODIL AHMEDOV ("Krasnodar"dan "SHanxay SIPG"ga)

Xalk ketganidan yarim yil o'tib RPLning yana bir vakili - Odil Ahmedov Xitoy Superligasida ishtirok etuvchi jamoaga o'tdi. "Krasnodar"da ikki mavsumni o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi sardori SHanxaydan taklif oldi. OAVda elon qilingan malumotlarga ko'ra, xitoyliklar yarim himoyachi uchun 8 mln. evro to'lashgan, Ahmedovning yillik maoshi esa 4 mln. evroni tashkil qiladi. O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi "Krasnodar"da yiliga 1,7 mln. evro ishlab topardi. Odil Ahmedov 46ta uchrashuvda 6ta gol urib, hozirgacha Xitoy klubida muvaffaqiyatli to'p tepmoqda.


Aksel Vitsel ("Zenit"dan "Tyanczin Tyanxay"ga)

"Zenit" Xalk bilan xayrlashganidan yarim yil o'tib yarim himoyachi Aksel Vitselni ham Xitoy klubiga sotdi. "Tyanczin Tyanxay" Sankt-Peterburg klubiga 21 mln. evro, futbolchining o'ziga esa 18 mln. evro taklif qildi. OAVda tarqalgan malumotlarga ko'ra, Akselning Xitoydagi yillik maoshi 25 mln. evro bo'lgan. Belgiyalik "Superliga"da ko'p ushlanib qolmadi. 36ta uchrashuvda 5ta gol urgan Aksel Vitsel bir mavsumdan so'ng Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tdi.


Nemanya Peychinovich ("Lokomotiv"dan "CHanchun Yatay"ga)

"Lokomotiv"ning asosiy tarkibidagi joyini yo'qotib qo'ygan himoyachi Nemanya Peychinovich "temiryo'lchilar" safini tark etib, Xitoyga yo'l olishga qaror qildi. Erkin agent sifatida "CHanchun Yatay" bilan shartnoma imzolagan serbiyalik futbolchi Xitoy klubining asosiy tarkib o'yinchisiga aylana olmadi (13ta o'yin, 2ta gol). Hozir u yana ishsiz va o'zi uchun munosib jamoa izlamoqda.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика