"Milan" xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qildi
26 avg 2019 22:33
Yangiliklar


"Milan" xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qildi
Milan xorvatiyalik himoyachi Ivan Strinich bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi.
Futbolchi o'tgan yilning mayida «Sampdoriya»dan «rossonerilar» safiga kelib qo'shilgandi. 2018 yilning avgustida o'tkazilgan tekshiruvlar natijasida, Strinich yurak hastaligi bilan kasallangani malum bo'ldi. SHu bois, u futboldagi faoliyatini vaqtinchalik to'xtatgandi.
«SHartnoma ikkala tomonning kelishuvi asosida bekor qilindi. Ivanning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz», – deyiladi milanliklarning murojaatida.
32 yoshli o'yinchi so'nggi mundialda terma jamoa bilan musobaqa vice-chempioniga aylangandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar