So’nggi yangiliklar

17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  2 17:47"Зенит" - ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибда  1 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  1 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  0 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  3 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  19 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  2 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  15 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  17 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  6 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  7 10:53«Ман Сити» тарбияланувчиси «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин  3

"Milan" ochko yo'qotdi, oradagi farq qisqardi - A Seriya 11-tur yakunlari Yangiliklar

"Milan" ochko yo'qotdi, oradagi farq qisqardi - A Seriya 11-tur yakunlari

Teglar :  Seriya A
Italiya chempionati navbatdagi tur doirasida qator qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

"Yuventus" yana g'alaba qozondi

"Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba "Yuvetnus"ga ishonch bag'ishladi, ammo kattagina kuchni ham oldi. SHu sababli uchrashuvning 1-bo'limida "grifonlar" darvozasi oldida deyarli vaziyat yuzaga kelmadi. Faqatgina Kuadrado va Bonuchchi ishtirokidagi epizodni yodga olsak bo'ladi. Asosiy voqealar tanaffusdan so'ng amalga oshdi.

Bonuchchi oldinroqda turgan Makkeniga to'pni etkazdi, yarim himoyachi o'z navbatida Dibalani ko'rdi va argentinalik to'pni darvozabon harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda yo'lladi. Bu vaziyat "grifonlar"ni hujumga borishga undadi va ular hisobni tenglashtirdi. Asli "Yuventus"ga tegishli Luka Pellegrini jarima maydonchasiga uzatmani amalga oshirdi, "keksa sinora" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Stefano Sturaro to'xtatib ulgurmay to'pni darvozaga yo'lladi. Bu mavsum "Yuventus" bu kabi holatga tushib qolishi odat tusiga kirmoqda, lekin bu safar Pirlo futbolchi almashtirishdagi qarorlari bilan o'yin borishiga o'zgarish kirita oldi va "keksa sinora" tempni oshirdi. Ko'p o'tmay Kuadrado jarima maydonchasiga yorib kirdi va himoyachilar tomonidan yiqitildi. Krishtianu esa penaltini ishonchli tarzda amalga oshirdi. "Jenoa" ochiq futbol taklif qilgandek bo'ldi, SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shildi va astoydil ter to'kdi, biroq to'p unga ha deganda etib bormasdi. Alvaro Morataga esa sheriklari to'pni etkazishni uddalashdi, ispaniyalik futbolchi jarima maydonchasida zarba berib ulgurmasidan Perin uni yiqitdi. Ronaldu birinchi urinishdagidek zarbani amalga oshirdi va yakuniy hisobni o'rnatdi. A Seriyaning 2 o'yinida 4ta gol.

"Inter" so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi

"Inter" CHempionlar Ligasidan chiqib ketgach, "Kalyari"ga qarshi o'yin alohida qiziqish bilan kutilgandi. Konte rotaciyaga murojaat qildi, hattoki Kristian Eriksenga ham imkon berildi. Aynan daniyalik futbolchi o'yin startida gol urib qo'yishi mumkin edi, ammo Lukakuning zarbasidan keyin qaytga to'pga Eriksen birinchi bo'lib keldi, biroq himoyachini poyladi. "Inter" futbolchilari ancha faol edi, lekin Krano ajoyib harakatlari evaziga to'p darvoza to'riga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. U Sanches va Barella ijrosidagi uzoq masofadan yo'llangan zarbalardan keyin ham, jarima maydoni ichidan Lukaku ijrosidagi zarbalardan keyin ham to'pni qaytarishni uddalardi. Xandanovich bu kabi maqtana olmasdi, darvoza sohasiga aniq borgan to'p darvoza to'ridan joy oldi. Sottil zarbasi u qadar qovushmagan bo'lsada, posbon jamoasini qutqara olmadi. Sottil keyingi vaziyatdayoq dubl rasmiylashtirish mumkin edi, ammo to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

Ikkinchi bo'limda Konte bir nechta o'zgarish qildi va "Inter" yanada xavfliroq ko'rina boshladi. Krano va himoyachilar benazir o'yin ko'rsatardi. Vaziyatlardan birida to'p burchak zarbasidan keiyn Barellaga kelib tushdi va "Kalyari" sobiq sardori hisobni tenglashtirdi. SHu orada Danilo D`Ambrozio zaxiradan o'yinga qo'shildi. Oradan bir daqiqa o'tib, Barellaning uzatmasidan keyin aynan Danilo to'pni darvozaga yo'naltirdi. Qolgan vaqt ichida "Kalyari" o'yinni qutqarish uchun harakat qildi, ammo buning o'rniga o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. Krano burchak to'pida raqib jarima maydonchasiga borgandi, vaziyat Lukakuning goli bilan yakunlandi. "Inter" zafar quchdi, lekin hozircha savollar etarlicha.

"Atalanta" "Fiorentina"ga imkon qoldirmadi

"Atalanta" atrofida tushunarsiz holat yuz bermoqda. Gomes zaxirada qoldi, Yosip Ilichich esa qaydnomada ham yo'q edi. SHunda ham mezbonlar xavfliroq boshlashdi. Drongovski ishsiz qolib ketmadi. "Fiorentina" esa xavfli ravishda tashlandi. Vlaxovich to'pni o'ziga bo'ysuntirdi va himoyachilarni ortda qoldirib, zarba berdi - to'p ustunga tegib qaytdi. Javob hujumida esa Sapata mo'ljalda adashmadi, biroq Drongovski qandaydir mo'jiza bilan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Afsus "fialkalar" polshalik posbon gol o'tkazishi uchun qo'lidan kelganini qildi. Sapata to'pni jarima maydoniga etkazdi, Gonsens yaqin masofadan to'pni darvoza burchagiga aniq yo'lladi.

Ikkinchi bo'lim avvalida "Atalanta" jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi, koronovirusdan tuzalgan Malinovskiy ajoyib zarba bilan hisobiga gol yozdirib qo'ydi. "Fiorentina" taslim bo'lish niyatida emasdi, lekin "bergamasklar" himoyasi shu kecha ancha tartibli o'yin ko'rsatdi. Bellashuvdagi so'nggi golni Toloy bosh bilan zarba orqali yo'lladi. "Atalanta" 8-pog'onada bormoqda, "Fiorentina" esa 17-o'rinda... Yaqin o'tmishda evrokuboklar uchun kurashgan jamoaning bunday vaziyatga tushib qolishi achinarli hol.  

"Milan" mag'lubiyatdan qutilib qoldi

"Rossoneri" Evropa Ligasidan keyin yaxshigina charchoq bilan maydonga tushdi. Jamoa nafas rostlab olishi uchun vaqt kerak, lekin hozircha bunday imkoniyat yo'q. "Parma" esa o'yin avvalida juda faol va tetik ko'rinardi. Jervinyu 13-daqiqada himoyachilarni chalg'itib, to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, Ernani nishonda adashmadi. "Milan" javob hujumidayoq gol urdi, Kastilexo to'pni darvozaga kirib ketishini taminladi, ammo ispaniyalik o'yindan tashqari holatda edi. "Rossoneri" ajoyib o'ynasada, to'p uch marta darvoza to'siniga tegib qaytdi. Ularning ikkitasida CHalxanoglu zarba bergandi.


Ikkinchi bo'lim boshida CHalaxanoglu yana to'sinni poyladi, omad Turkiya termasi yarim himoyachisidan ochiqchasiga yuz o'girdi. Javob hujumida "Parma" gol urdi. Ernani havodan Kurtichga to'pni etkazib berdi, negadir "rossoneri" himoyachilari Kurtichni yolg'iz qoldirishdi. Bu holat "Milan"ning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etishini shubha ostida qoldirdi, lekin "Milan" tezda raqib darvozasini ishg'ol etdi. CHalxanoglu burchak zarbasidan to'pni Teoga aniq etkazdi va "Real Madrid" sobiq vakili to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. "Milan" bor kuchini hujumga, o'yinni qutqarib qolishga tashladi, ammo "Parma" ham gol o'tkazishni istamasdi. Rebichning zarbasidan so'ng Sepe to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi, ammo to'p Teoga borib tushdi hamda u yaqin masofadan nishonda adashmadi. Bu uchrashuvda biroz g'alati tuyulsada, durang "Milan" uchun g'alabaga teng bo'ldi. Jamoa chindan xarakter ko'rsatib, o'yinni qutqarib qola oldi.

SHuningdek: "Lacio" "Verona"ga yutqazib qo'ydi, "Napoli"dan "Sampdoriya" bilan o'yinda irodali g'alaba va "Udineze" "Torino"dan kuchliroq.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика