So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  2 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Milan Mitrovich: "Kuchli jamoani mag'lub etsangiz doim sensaciyaga qiyoslashadi" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "Kuchli jamoani mag'lub etsangiz doim sensaciyaga qiyoslashadi"

Ulug'bek Baqoev ustozligidagi "Sug'diyona" jamoasi Coca Cola Superliga 4-turida o'z maydonlarida "Paxtakor"ni taslim qilishni uddasidan chiqishdi.

Bahs davomida mehmon jamoa vakillari oradagi farqni yo'qqa chiqarish uchun qator vaziyatlarni yuzaga keltirishgan bo'lsada, mezbonlar posboni Milan Mitrovich raqibga gol urish imkonini qoldirmadi va o'zining seyvlari bilan jamoasining joniga oro kirdi. Uchrashuvdan keyin mahoratli kiperga yuzlanib fikrlari bilan qiziqdik.

"Jamoamizdagi barcha futbolchilarga ajoyib jangovar o'yin uchun rahmat aytaman va g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv qiyin bo'ldi. Biz tanaffusdan so'ng kiyinish xonasida barchasini kelishib oldik va maydonga kuchli shijoat, istak bilan tushdik. "Paxtakor"ni mashg'ulotlarda kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqqandik. Raqibni hujumlarini zararsizlantirishga va to'xtatishga erisha oldik. Mavsumni yomon boshlagandik. Bu g'alaba biz uchun burilish nuqtasi bo'la oladi degan umiddaman.

Kuchli jamoani mag'lub etish doim yoqimli. Albatta, bunday darajadagi jamoa bilan o'ynaganda hayajon va bosim bo'lishi tabiiy. "Paxtakor" va shunga o'xshash klublardan ustun kelsangiz doim sensaciyaga qiyoslashadi",- deydi Milan Mitrovich.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика