"Milan" Leauni "Everton"ga 30 mln evroga qo'yib yubormadi
25 jan 2021 18:47
Yangiliklar


"Milan" Leauni "Everton"ga 30 mln evroga qo'yib yubormadi
"Milan" hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Iqtidorli futbolchi bilan shartnoma imzolashga "Everton" klubi qiziqish bildirmoqda.
Mersisaydliklar o'yinchining transferi uchun 30 million evro taklif qilishgandi, ammo bunga rad javobi berildi. "Rossonerilar" Leauning sotuvidan katta mablag' ishlab olishmoqchi edi.
Rafael Milan grandiga "Lill"dan 2019 yilning yozida 29,5 million evro evaziga o'tgandi. Forvard joriy mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar