"Milan" Leau bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
23 okt 2021 07:28
Yangiliklar
"Milan" Leau bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
"Milan" hujumchi Rafael Leau bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, yaqin haftalarda klub va portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tishi kerak.
Leauning "Milan" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan, ammo klub 22 yoshli o'yinchi bilan bitimni 2026 yilga qadar uzaytirmoqchi.
Forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar