So’nggi yangiliklar

15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  0 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  2 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  8 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  17 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  8 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  4

"Milan" klubi tirik afsonasi, "sodiqlik ramzi" - Paolo Maldini haqida Yangiliklar

"Milan" klubi tirik afsonasi, "sodiqlik ramzi" - Paolo Maldini haqida

31 yil "Milan" sharafini himoya qilgan, dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri bo'lgan, afsuski, hozirda koronavirusga qarshi kurashayotgan, Paolo Maldini haqida so'z yuritamiz.

Tarjimai hol

Italiyalik Paolo Maldini faoliyati davomida mingdan ortiq rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan va jahon futbolining eng yaxshi himoyachisi nomiga sazovor bo'lgan. Sportchi o'zining professional faoliyati davomida bitta klubga sodiq qoldi. Maldini "Milan"da o'smirligidan boshlab, naqd 31 yil(!) o'ynadi va hozir ham "Milan" klubi tizimida ishlab kelmoqda.

Bolalik va yoshlik yillari

Paolo Maldini "qaerda tug'ilgan bo'lsa, o'sha erga foydasi tegdi" degan xalq iborasini oqladi. U 1968 yilda Milanda tug'ilgan, bu erda futbol ananalari mashhur bo'lib, italiyalik uning shon-sharafini yanada oshirish va mustahkamlashga muvaffaq bo'ldi. Yigitga sport sulolasini davom ettirish yo'lida omad kulib boqdi: otasi CHezare "Milan" klubida o'ynagan va jamoa sardori hisoblangan. SHuningdek, jamoa bilan chempionlik shohsupalariga ko'tarilgan. 

Erkak o'g'il ko'rishni orziqib kutar edi, Paolodan oldin uning qizlari bor edi. Paolo otasini nafaqat dunyoga kelishi bilan xursand qildi, balki uning eng katta umidlarini ham oqladi. Uning ortidan yana ikkita o'g'il tug'ildi va Paolo Maldini katta oilada o'sib-ulg'aydi. U bolaligidanoq, futbolni o'zgacha ishtiyoq va g'ayrat bilan o'ynardi, 10 yoshida "Milan" yoshlari tarkibiga qo'shildi. O'shandan keyin futbolchi professional faoliyatining oxirigacha "qizil va qora" rangli futbolkani echmadi.

SHaxsiy hayoti

Paolo bo'lajak rafiqasi Adriana Fossa bilan yoshligida diskotekada uchrashdi. Go'zal model futbolchining ko'nglidan joy oldi. O'zaro aloqa o'rnatish uzoqqa cho'zilmadi, natijada bir yil o'tgach, yoshlar birgalikda yashashni boshladilar va 1994 yilda ular turmush qurishdi.

Er-xotin ikkita farzandni tarbiyaladilar: birinchi o'g'illari Kristian 1996 yilda tug'ilgan, otasi Evropa chempionatida Italiya bayrog'ining ranglarini himoya qilayotgan paytida dunyoga kelgan. 5 yildan keyin Daniel tug'ildi. Ikkalasi ham ota-bobolarining izidan ergashdilar va "Milan"da Maldinilar ulug'vor sulolasini davom ettirdilar. To'ng'ich o'g'liga afsonaviy 3 raqam ostida o'ynash nasib etdi, bu raqam Paolo sharafiga abadiy "muzlatilgan"dan so'ng klubdagi hech kim ushbu raqam ostida o'ynamagandi.

Futbol

Paolo "Milan" kattalari tarkibida birinchi marta 16 yoshida maydonga tushdi va bir yildan so'ng, u "to'laqonli azo"likka qabul qilindi. Tasodiymi yoki yo'q, lekin Maldini kelishi bilan klub tarixida oltin davr boshlandi. Bo'yi 187 sm va og'irligi 85 kg bo'lgan futbolchi dastlab, chap qanotda o'ynay boshladi, keyin markaziy himoyachiga aylandi. Paolo jamoa sardori bo'lib, "Milan" bilan mamlakat chempioni va kubok egasiga aylandi.

U "Milan" klubi bilan 5 marta CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan. Bu nufuzli turnirda faoliyatida 100 dan ortiq uchrashuv o'tkazgan kam sonli futbolchilardan biri bo'lishga erishgan. SHunday futbolchilar orasida Devid Bekxem, Luish Figu va Oliver Kan kabi nomlar bor. 

1994 yilda “World Soccer” jurnali himoyachini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi va bir yildan so'ng, deyarli FIFAning eng yaxshi o'yinchisiga aylanayotgan pallada klubdoshi Jorj Vea sovrinni "ilib ketgandi". Keyinchalik italiyalik o'yinchi ketma-ket mukofotlarga ega bo'ldi va zamonaviy futbolda eng yaxshilar qatorida doim qayd etilib bordi. Italiya terma jamoasi uchun Maldini 14 yil davomida 126 ta o'yinda 7 ta gol urdi, ammo har qancha urinmasin hech mamlakatni chempionlik maqomiga olib chiqolmadi.

Paolo Maldini hozir

2018 yilning avgust oyidan beri Paolo "Milan" korporativ tuzilmasining azosi. Dastlab, uni sportni rivojlantirish bo'yicha strategik direktor lavozimiga taklif qilishdi. Keyinchalik 2019 yil yozda klub sport direktori etib tayinlandi.

Italiyalikda futboldan tashqari boshqa narsalar uchun ham vaqt bor. U video o'yinlar do'koniga va Milandagi Gollivud disko-barining bir qismiga egalik qiladi (u erda bir vaqtlar rafiqasi bilan uchrashgan). SHuningdek,  o'z shaxsiy brendi ostida erkaklar ko'ylaklarini ishlab chiqaradi va sport telekanallarida faoliyat ko'rsatadi. Muxlislar tirik afsonaning shaxsiy hayotidagi yangiliklarni uning Instagramdagi sahifasi orqali doimiy ravishda bilib boradilar. 

Afsuski, Paolo Maldini va uning o'g'li Daniel hozirda koronavirusga chalinishgan. Ularga bu dardni engib o'tishda kuch-quvvat tilab qolamiz.  


Yutuqlari:

"Milan" tarkibida

1987/1988, 1991/1992, 1992/1993, 1993/1994, 1995/1996, 1998/1999, 2003/2004 - Italiya chempioni

1988, 1992, 1993, 1994, 2004 - Italiya superkubogi sohibi

1988/1989, 1989/1990, 1993/1994, 2002/2003, 2006/2007 - CHempionlar Ligasi g'olibi

1989, 1990, 1994, 2003, 2007 - UEFA Superkubogi egasi

1989, 1990 - qitalararo kubok g'olibi

2002/2003 - Italiya kubogi sohibi

2007 - klublar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi


Italiya milliy terma jamoasida

1988 - Evropa chempionatining bronza medali sovrindori

1990 - Jahon chempionati bronza medali sohibi

1994 - Jahon chempionati kumush medali sovrindori

2000 - Evropa chempionati kumush medali egasi


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика