"Milan" Kessening narxini deyarli 3 barobarga tushirdi
26 may 2020 15:17
Yangiliklar


"Milan" Kessening narxini deyarli 3 barobarga tushirdi
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesseni sotib yuborishga tayyor.
"Rossonerilar" ehtimoliy xaridorlarni jalb qilish maqsadida futbolchining narxini tushirishdi.
Italyan matbuotining xabariga ko'ra, "Milan" Kesse bilan 13 million evro evaziga xayrlashadi. Oldinroq "Milan" klubi futbolchining transferidan 30 million evro ishlab olmoqchi edi.
Ivuarlik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar