"Milan" Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi
09 fev 2021 16:04
Yangiliklar


"Milan" Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Milan" texnik direktori Paolo Maldini klubning forvard Zlatan Ibragimovich bilan yana bir yilga shartnoma imzolashni xohlayotgani haqida aytdi.
"Milan" bugungi kunda - Evropaning eng yosh jamoalaridan biri. Bizga Ibradek etakchi kerak. Biz gaplashgandik va u shartnomani uzaytirish borasidagi qarorni organizmi holatiga qarab qabul qilishini aytgandi.
Ammo, uning hozirgi formasini hisobga olsak, uning biz bilan yangi shartnoma imzolashi borasida muammoni ko'rmayapman", - deydi Maldini.
Zlatan joriy mavsumda 17 bor maydonga tushdi va 16ta gol urdi. SHveciyalik hujumchi oktyabrda 40 yoshni qarshi oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar