Mikel Arteta: O'yin to'liq bizning ustunligimizda o'tdi
08 mar 2014 22:49
Yangiliklar


Mikel Arteta: O'yin to'liq bizning ustunligimizda o'tdi
Arsenal yarim himoyachisi Mikel Arteta Angliya Kubogi doirasida Evertonga qarshi kechgan bahsdan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Biz o'yinni to'liq nazorat qildik va judayam ko'plab golli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Bugun “Everton” havfli jamoa ekanligini yana bir bor barchaga eslatib qo'ydi.
Penaltidan unumli foydalanganimdan hursandman. Agar Angliya Kubogini qo'lga kirita olsak zo'r bo'lardi. Biz yarim finalga chiqdik. Finalga esa bir qadam qoldi, - deb aytib o'tdi Arteta.

Fikrlar