Mikel Arteta: “Angliya Kubogi uchun kurashamiz”
10 jan 2021 09:47
Yangiliklar


Mikel Arteta: “Angliya Kubogi uchun kurashamiz”
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining hozirgi holati haqida gapirdi.
London klubi Angliya Kubogi 1/32 finalida “Nyukasl”ni (qo'shimcha vaqtda 2:0) taslim etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
“Bizda “Kristal Pelas”ga qarshi bellashuvgacha besh kun vaqt bor va biz ko'proq uchrashuvlarda g'alabaga erishmoqchimiz. Har qanday turnirda ishtirokni davom ettirish muhim.
Biz yana bir marta ushbu musobaqada g'olib chiqish uchun harakat qilib ko'ramiz, shu bois bugungi g'alabaning qadri baland edi”, – dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar