So’nggi yangiliklar

22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  0 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  70 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  11 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  6 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8

Mikael Sekeyra: "Lokomotiv"ning maqsadi chempionlikka kurashish. Ish jarayonimiz davom etmoqda" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Lokomotiv"ning maqsadi chempionlikka kurashish. Ish jarayonimiz davom etmoqda"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra qatnashdi.

— O'yin juda ham chiroyli bo'ldi. Futbolchilarning barchasi g'alaba uchun harakat qilishdi. Barchaning reakciyasi 2-bo'limda yaxshi bo'ldi. 1-bo'limdan keyin hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Bir necha vaziyatlar yaratdik. Biz taktik jihatdan barchasini to'g'ri qildik. Hisob 2:1 ham, 3:1 ham bo'lishi mumkin edi, lekin unday bo'lmadi natija. Temurxo'ja bosh bilan zarba berganida va boshqa bir necha vaziyatlar bo'ldi bizda. Faqatgina omad etishmayapti bizga. Yigitlarni tabriklayman! Ular o'zlarining harakterlarini ko'rsata olishdi. Qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Ha, g'alaba qozona olmadik. Barchasiga men javobgarman. Menda hamon o'zbek futboliga moslashish jarayoni bo'lmoqda. Yigitlar harakat qilishmoqda, men ishonaman, hali natija bo'ladi. "Qizilqum"ga ham o'yin uchun rahmat! Yaxshi harakat qilishdi. Hakamlar ham o'z ishlarini yaxshi qilishdi", - deydi Sekeyra. 



— Bundan avvalgi o'yinlarga qaraganda bazi futbolchilar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi. Masalan, G'ulom Haydar G'ulomov. Bu murabbiyning ko'rsatmasi edimi?

— Bizda futbolchilar o'z vazifasini to'liq bajarishdi. Ikki himoyachi va bir tayanch yarim himoyachi qolib, qolganlar oldinga o'tish kerak edi. G'ulom Haydarga keladigan bo'lsak, aytganimdek, uning vazifasi shunday edi.

— Jamoaning himoyasi haqida nima deya olasiz? Bu borada muammo bordek ko'rinadi...

— Ha, fikringizga qo'shilaman. Bizning himoya chizig'imizda muammo bor. Buning ustida ishlashda davom etamiz. Bizda hozir hujum chizig'i yaxshi. Endi ko'proq etiborni himoyaga qaratamiz.




— Bardankaning maydonga tushmasligiga nima sabab bo'ldi? Bu jazomidi?

— Bu erda hech qanday jazo haqida gap bo'lishi mumkin emas. Men futbolchilarni har tomonlama kuzatib ularni maydonga tushirdim. Kim qanday holat ekanligiga qarab bugungi o'yin uchun himoyachilarni tanladim.

— Jamoaning bu yilgi maqsadi qanday?

— Men jamoaga boshida kelganimda aytganimdek, chempionlikka kurashish. Ish jarayonimiz davom etmoqda. Bu maqsad yo'lida harakat qilaveramiz. Nasib qilsa, bundan keyin natija ham bo'ladi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика