Migel Rodrigo: "Penaltidagi birinchi zarbada to'p chiziqni kesib o'tgandek tuyuldi"
17 fev 2016 21:56
Yangiliklar
Migel Rodrigo: "Penaltidagi birinchi zarbada to'p chiziqni kesib o'tgandek tuyuldi"
Yaponiya - Vetnam uchrashuvidan so'ng Migel Rodrigo ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"O'yin biz kutganimizdek kechmadi. Bir qancha vaziyatlarda yomon harakat qildik. Raqibni tabriklaymiz, ular haqli ravishda g'alaba qozonishdi. Avvalgi uch o'yinga qarab ham Vetnamni yaxshi jamoa ekanligini bilib olish mumkin edi. Raqibga nisbatan ko'p hujum qildik. Darvozaga ham biz ko'proq zarba berdik. Afsuski o'z imknoiyatlarimizdan foydalana olmadik. Bir qancha vaziyatlarda omadimiz kelmadi, boshqalarida esa raqib yaxshi himoyalandi. O'yindan so'ng yigitlarga xotirjamlikni saqlash kerakligini aytdim. Uchrashuv oson bo'lmadi. Penaltidagi birinchi zarbada to'p chiziqni kesib o'tgandek tuyuldi. Lekin hakam mendan ham yaxshiroq ko'ra oladigan joyda edi. Bu bahona emas. Sportda bunday voqealar bo'lib turadi. O'yinni tahlil qilamiz. Yigitlar vaziyatni yaxshi tushunib turishibdi. Umid qilamanki ushbu turnir biz uchun muvaffaqiyatli yakunlanadi va jamoa o'z maqasadiga erishadi" - deydi murabbiy.
Fikrlar