MFLda 15 yoshli futbolchi oxirgi 3 bahsda 1+2 natija qayd etdi
12 avg 2020 20:15
Yangiliklar


MFLda 15 yoshli futbolchi oxirgi 3 bahsda 1+2 natija qayd etdi
Ayni daqiqalarda Rossiya birinchi ligasi (MFL)da “Irtish” hamda “CHertanovo” o'rtasidagi bahs davom etmoqda.
Uchrashuvning 64-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Sergey Pinyaev raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. U 2-bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi. 15 yoshli futbolchi MFLda debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylangandi. U so'nggi uch bahsda o'z hisobiga 2 assist va golni yozdirdi.
Avvalroq, yosh forvard “Manchester Yunayted” bazasiga tajriba oshirish uchun borgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar