“Metallurg” qizlarining bayram sovg'asi
31 avg 2014 14:04
Yangiliklar
“Metallurg” qizlarining bayram sovg'asi
Mamlakatimiz mustaqilligining 23 yillik shodiyonalari arafasida ayollar futboli bo'yicha jamoalar O'zbekiston kubogining chorak final uchrashuvlarida maydonga tushishdi.
Bekobodning “Metallurg” jamoasi qizlari dastlabki uchrashuvni safarda “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazib, 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu g'alaba Bekobod ishqibozlariga ajoyib bayram sovg'asi bo'ldi.
Mazkur uchrashuv juda qiziqarli kurashlar ostida o'tdi va jamoalar birinchi bo'limning o'zida darvozalarga 3 ta gol kiritishdi. Mehmonlardan Nargiza Abdurasulova hamda Mohinur Hojiqulovalar muvaffaqiyatga erishishgan bo'lishsa, maydon egalaridan javob golini Mardona Elamasova kiritdi.
Javob o'yini 3 sentyabr kuni Bekobodda o'tkaziladi va yarim finalda to'p suradigan so'nggi jamoaning nomi aniqlanadi. Tabiiyki maydon egalarining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Bekobodliklar bu to'siqdan muvaffaqiyatli o'tishsa, yarim finalda mamlakatimizning eng tajribali jamoalaridan biri – “Andijanka”ga qarshi maydonga chiqishadi. Bu yilgi chempionat davomida “Metallurg” juda asosiy o'yinda andijonliklarni mag'lubiyatga uchratishgani muxlislarning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. Ikkinchi yarim finalda “Sevinch” – “Lochin” jamoalari bahs yuritishi hozirda malum. O'zbekiston kubogining final uchrashuvi 7 noyabr sanasiga rejalashtirilgan.

Fikrlar