“Metallurg” PFK azolari vakcina olishdi
27 iyu 2021 21:18
Yangiliklar
Mamlakat milliy chempionatining 13-turi va ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi futbolchilari mashg'ulotlarning so'nggi bosqichini boshladi. Mashg'ulotlarga kirishishdan oldin klub rahbariyati futbolchilar hamda murabbiylar shtabining salomatligi, pandemiya sharoitida ularning sog'ligini muhofaza qilish uchun vakcina qabul qilishni maqsadga muvofiq deb topdi. Tayyorgarlikning so'ngi davri oldidan jamoaning barcha o'yinchilari, murabbiylar shtabi, klub rahbariyati va xodimlari tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. COVID-19'ga qarshi emlandi.
Vakcina olgandan keyingi kun engil mashg'ulotlar bilan cheklangan futbolchilar bugundan to'laqonli mashg'ulotlarga kirishishdi.
Eslatib o'tamiz, Coca Cola Superliganing 13-turi doirasidagi “Metallurg” – “Qizilqum” uchrashuvi 1 avgust sanasida bo'lib o'tadi. O'yin Bekobod shahridagi “Metallurg” markaziy stadionida soat 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar