“Metallurg” o'z tarkibiga ikki nafar yangi o'yinchini qo'shib oldi
12 jan 2022 17:36
Yangiliklar
“Metallurg” o'z tarkibiga ikki nafar yangi o'yinchini qo'shib oldi
Ulardan biri darvozabon Akmal Ortiqov bo'lsa, ikkinchisi himoyachi Farhod Bekmurodovdir. Har ikkala futbolchi bilan rasman shartnoma imzolandi.
Darvozabon Akmal Ortiqov o'tgan mavsumni Superliga debyutanti “Turon” jamoasida o'tkazgandi.
Farhod Bekmurodov esa bekobodliklar safiga “Qo'qon 1912” jamoasidan kelib qo'shildi.
Akmal ORTIQOV
34 yoshda. 1987 yilning 30 yanvar sanasida tavallud topgan.
Ampluasi – darvozabon.
Faoliyat yuritgan jamoalari:
2012 yil – “Navbahor” (Namangan)
2014 yil – “Olmaliq” (Olmaliq)
2015-2016 yillar – “Navbahor” (Namangan)
2016 yil – “Olmaliq” (Olmaliq)
2017 yil – “Navbahor” (Namangan)
2018-2019 yillar – “Andijon” (Andijon)
2020-2021 yillar – “Turon” (Yaypan)
Farhod BEKMURODOV
27 yoshda. 1994 yilning 8 oktyabr sanasida tug'ilgan.
Ampluasi – yarim himoyachi
Faoliyat yuritgan jamoalari:
2015-2017 yillar – “Andijon” (Andijon)
2018 yil – “Lokomotiv” (Toshkent)
2019-2020 yillar – “Andijon” (Andijon)
2021 yil – “Qo'qon 1912” (Qo'qon)
Fikrlar