So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  42 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

"Futbolchi uchun jarohatdan-da xavfli muammo bor" Yangiliklar

"Futbolchi uchun jarohatdan-da xavfli muammo bor"

Shu yilning 21-25 iyul kunlari Kuala Lumpurda OFKning 8-tibbiy anjumani bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda qitamizning turli joylaridan 100ga yaqin shifokorlar ishtirok etib, bunday katta anjuman OFK tarixida ilk marta tashkil etildi.

Quvonarlisi, ushbu konferenciyada O'zbekistondan ham vakil qatnashdi. Ko'p yillik tajribaga ega mashhur futbol shifokori Abror Pirriev safardan qaytgach o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bilamizki, OFK tomonidan har ikki yilda bir marta futbol va umuman sport shifokorlari ishtirokida tibbiy konferenciya o'tkaziladi. Bu juda yirik anjuman bo'lib, bu yilgisi nihoyatda ko'p kuzatuvchilar kelgani hamda turli muhim mavular ilgari surilgani bilan yodda qoldi. Bu anjuman nafaqat bilimlarni yangilash, balki futbol tibbiyoti oldida paydo bo'layotgan yangi muammolarni aniqlab olish uchun ham yaxshi imkoniyatdir.




Anjuman qay tartibda o'tdi?

- Anjuman avvalida OFK shifokorlariga FIFA yo'riqchilari tomonidan chuqurlashtirilgan seminar o'tkazildi, keyin esa barcha federaciyalar vakillari bilan konferenciya ko'rinishda davom etdi. Anjumanda sport tibbiyotining turli yo'nalishlari bo'yicha qiziqarli maruzalar o'qildi.

Anjumanda ko'tarilgan qaysi mavzu ko'proq manzur bo'ldi?

- Odatda sportga aloqador tibbiy anjumanlarda asosan jarohatlar, reabilitaciya, to'g'ri ovqatlanish, vitaminizaciya kabi mavzular taqdim etiladi. Mazkur anjumanda Buyuk Britaniyalik maruzachi tomonidan yana bir muhim mavzu ko'tarildi. Yani, bugungi "raqamli davr"da ijtimoiy tarmoqlarning sportchi ruhiyatiga va uning ko'zlagan natijalariga bevosita va bilvosita tasiri borasidagi mavzu. Ingliz maruzachisini tinglarkanman, yaqindagina Abduqodir Husanov bilan bog'liq holat xayolimda gavdalandi.

Bugungi kunda sportchilarning internetdan xoli emasligi, ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab obunachilarga egaligi hayotning bir qismiga aylanib ulgurganini tan olgan holda qanday qilib sportchini ijtimoiy tarmoqlarning "negativ omillari"dan asrash masalasi ustida izlangan olim dolzarb maruzasini "Futbolchi uchun jarohatdan-da xavfliroq muammo bor, bu - ijtimoiy tarmoqlardir", deya tugatdi. Bunday olib qarasak, uning fikriga qo'shilmay bo'lmaydi.

O'zimizda ham shu kabi anjumanlar tashkil qilsa bo'ladimi?

- To'g'ri, hali bunday katta ko'lamdagi sport tibbiyoti anjumanlari bilan maqtana olmaymiz. Ammo bu yo'lda etarlicha qadamlar tashlanmoqda. Masalan, sport, jumladan futbol tibbiyoti bo'yicha chet eldan etuk mutaxassislar jalb etilib, mahalliy va mintaqaviy anjumanlar o'tkazilmoqda. Naib qilsa, kelgusida bu yo'nalish bo'yicha ham O'FAning rejalari bor. Lekin yana bir muhim masala: anjumanlarda berilgan bilimni amaliyotga qo'llay oladigan etuk kadrlar masalasidir. Bu esa alohida mavzu hisoblanadi...

X.Xoliqov yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика