“Metallurg” navbatdagi nazorat bahsini Qozog'iston jamoasiga qarshi o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
11 fev 2020, 20:30
Bekobodning “Metallurg” klubi ayni payt Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga hozirlikni davom ettirmoqda.

Andrey Shpilov boshchiligidagi jamoa a'zolari bugun navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Qozog'istonning “Qaysar” jamoasiga qarshi kechgan o'yinda jangovar durang (2:2) qayd etildi. 

Uchrashuvning 11-daqiqasida “Qaysar” futbolchisi Fortes hisobni ochdi. Birinchi bo'lim yakunida Peshich natijani 0:2 holatiga keltirdi. Ikkinchi taymni bekobodliklar hujumkor ruhda boshlashdi. 53-daqiqada Stanislav Andreevning o'zatgan to'pini Salamat Qutiboev darvozaga joylab qo'ydi. Oradan o'n daqiqa o'tgach hisob tenglashdi, bu galgi gol muallifi o'tgan mavsumni “Buxoro”da o'tkazgan Murod Bobojonov bo'ldi. Uning goliga Abdurahmon Abdulhaqov assistlik qildi.

“Metallurg” – “Qaysar” 2:2.

Gollar: Fortes (11), Peshich (45), Salamat Quttiboev (53, pas Stanislav Andreev), Murod Bobojonov (63, pas Abdurahmon Abdulhaqov).

“Metallurg”: 35. Akmal Tursunboev, 28. Stanislav Andreev, 21. Kamoliddin Tojiev, 5. Abbos Otaxonov, 22. Shahzobek G'ofurbekov, 55. Akbar Ismatullaev, 33. Salamat Quttiboev, 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 18. Ixtiyor Toshpo'latov, 19. Evgeniy Chumak, 10. Shahzodbek Ubaydullaev.

“Qaysar”: Islomqulov, Graf, Shumskix, Tolegenov, Kairov, Narzildaev, Tagibergen, Paragulov, Fortes, Peshich, Kolev.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia