So’nggi yangiliklar

23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  1 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  8 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  6 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  2 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  8 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  9 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  12 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  19 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  4 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0

“Metallurg”: Dastlabki yig'in yakunlandi Yangiliklar

“Metallurg”: Dastlabki yig'in yakunlandi

Teglar :  Metallurg
Yangi mavsumga Toshkent viloyati CHirchiq shahrida hozirlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi dastlabki yig'inni yakunladi.

Futbolchilarga Yangi yil bayramini oilasi davrasida o'tkazib kelishi uchun qisqa muddatli tatil berildi. Jamoa azolari endi 2016 yilning 4 yanvar kuni  to'planishadi. Birinchi kunga tibbiy ko'rikdan o'tish rejalashtirilayapti. 5 yanvardan etiboran esa CHirchiq shahrida ikki mahaldan mashg'ulotlar davom ettiriladi.
Birinchi yig'inda asosan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklashga etibor berildi. Yani har kuni engil jismoniy mashqlar va kross yugurishga ko'proq diqqat qaratildi. O'z navbatida jamoa asosiy tarkibiga qo'shilish uchun yangi kelgan futbolchilar va yoshlar tarkibining bir qator futbolchilari oliy liganing yangi vakili “Obod”ga qarshi ko'rik-nazorat uchrashuvida sinab ko'rildi. O'yin “Obod” jamoasi maydonida bo'lib o'tdi. Qiziqarli kurashlar va yomg'ir ostida o'tgan o'yin gollarga boy bo'ldi va unda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Bekobodliklardan gollarni Mirg'iyos Sulaymonov hamda Siroj Toshpo'latovlar kiritishdi.
Jamoalar o'yinni quyidagi tarkibda o'tkazishdi:

“Obod” – “Metallurg” – 3:2.
Hakamlar:
Vadim Agishev, Akbar Po'latov, Timur Galeev.
Nazoratchi hakam:Sardor Najafaliev.
“Obod”:Umid Yorbekov, Javlon Iskandarov, G'ayrat Umirov, Kamoliddin Tojiboev, Doniyor Hasanov, SHohruz Norxonov, Araik Babaev, Alisher Azizov, Alibobo Rahmatullaev, Baxtiyor Qosimov, SHuhrat Majidov.
“Metallurg”:Furqat Obidov, Ulug'bek Xudoyorov, Mamur Sultonov, Sarvar Jo'raev, Mirg'iyos Sulaymonov, Sarvar Sotivoldiev, Jasur Ahmedov (Zufarjon Akbaraliev), Sunnat Ermatov, Murod Toshmatov, Ulug'bek Boqiev, Ozod Komilov (Siroj Toshpo'latov).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика