So’nggi yangiliklar

07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  0 02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  21 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  20 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  8 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6

“Metallurg”: Asosiy tarkibda g'alaba, yoshlarimizda mag'lubiyat Yangiliklar

“Metallurg”: Asosiy tarkibda g'alaba, yoshlarimizda mag'lubiyat

Teglar :  Metallurg
Mavsum tadorigini ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasining ham asosiy, ham yoshlar tarkiblari poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida navbatdagi ko'rik-nazorat uchrashuvlarini o'tkazishdi.

Asosiy tarkib “Qizilqum” bilan o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, yoshlar tarkibi mezbonlarga yutqazib qo'ydi.

Dastavval yoshlar jamoamiz suniy qoplamali maydonda “Bunyodkor” jamoasining o'rinbosarlariga qarshi to'p surdi. Uchrashuvda birinchi bo'lib bekobodliklar gol kiritishdi. Arslon Sultonov mehmonlarning tezkor qarshi hujumini golga aylantirdi. SHundan keyin ham bekobodliklarda bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Ammo sekin asta tashabbus mezbonlar tomoniga o'tdi va ular ikkala taymda bittadan gol kiritishib, zafar quchishdi. Har ikkala gol muallifi Mirjahon Rahmatov bo'ldi.
 
“Metallurg” (yoshlar) – “Bunyodkor” (yoshlar) – 1:2 (1:1). 19.02.2016 yil.
Hakamlar: Davron Akmalov, Avaz Abdullaev, Jahongir Abdurazzoqov.
Nazoratchi hakam: Oleg Rubakov.
“Metallurg”: Timur To'ychiev, Zufar Akbaraliev, Abror Toshqo'ziev, Azam Solijonov, Asomiddin Abdurahmonov, Umid Rahimov, Mansur Nuraliev, Ulug'bek Xudoyorov, Sunnatillo Ermatov, Arslon Sultonov, Zuxrillo Boboev.
Zahiradan maydonga tushganlar: Akobir Qayumov, Ozod Komilov, Timur Saydullaev, Zokir Ahmadjonov, Xudoyshukur Sattorov, Javlon Primbetov.
 
Kunning ikkinchi yarmida tabiiy qoplamali maydonda “Metallurg” jamoasi asosiy tarkibi Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tgan bo'lsa-da, bekobodliklar yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda ustunlik qilishdi. Avvaliga Ayubxon No'monov himoyachilar va darvozabonning xatosidan unumli foydalangan bo'lsa, ikkinchi gol standart vaziyat tufayli darvozasi to'riga bori tushdi. Doniyor Odilovning zarbasidan so'ng to'p raqib himoyachilaridan biriga tekkan holda yo'nalishini o'zgartirib, navoiyliklar posbonini dog'da qoldirdi.
 
“Metallurg” – “Qizilqum” – 2:0 (1:0). 19.02.2016 yil.
Hakamlar: Rustam Lutfulin, Olim Abduvosilov, Sanjar SHoyusupov.
Nazoratchi hakam: Andrey Klepikov.
“Metallurg”: Suhrob Sultonov, Davron Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Vusol Magerramov, Doniyor Odilov, Murod Toshmatov, Mirg'iyos Sulaymonov, Ayubxon No'monov, Jahongir Abdumo'minov, Zohid Abdullaev.
Zahiradan maydonga tushganlar: Zafar Safoev, Farhod Namozov, Dilmurod Karimov, Jasur Ahmedov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика