Messining PSJ bilan shartnomasida Argentina termasining foydasiga ishlovchi bandlar bor
11 avg 2021 01:20
Yangiliklar
Messining PSJ bilan shartnomasida Argentina termasining foydasiga ishlovchi bandlar bor
Lionel Messining PSJ bilan tuzgan shartnomasining tafsilotlari malum.
Bu haqida TyC Sports nashri xabar bermoqda. Manbaning malum qilishicha, yangi shartnomada Argentina terma jamoasi foydasiga ishlovchi bandlar bor. Agarda Messi terma jamoasi safiga chaqiriladigan bo'lsa, PSJ bunga to'sqinlik qila olmaydi. Bu band ham rasmiy, ham o'rtoqlik uchrashuvlari uchun amal qiladi. SHu bilan birga, Argentina termasi tibbiy shtabi PSJ klubi bazasidagi obektlardan foydalanish huquqiga ham ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, kecha, 10 avgust kuni Lionel Messi PSJ klubi azosiga aylangandi.
Fikrlar