So’nggi yangiliklar

17:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнамга имкониятни бой берди  0 17:08Арсен Венгер: "Мен Кэррикни табриклашим керак"  0 16:39"Ғазалкент" биринчи ғалабасига эришди  0 16:13"Қизилқум" "Факел" билан жанговар дуранг ўйнади, Кенжабоевдан хет-трик!  2 15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  0 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  6 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  1 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  12 13:44Пато "Колчестер Юнайтед"ни сотиб олмоқчи  1 13:18"Машъал" ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 12:53​"Шўртан" Асрор Алиқулов билан келишувни узайтирди  0 12:29"АҚШдан йироқ бўлинг": Блаттер Жаҳон чемпионатини бойкот қилишга чақирди  13 12:03Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди  28 11:39Манба: Ўзбек клуби словениялик ҳимоячини олиб келди  5

Messining Oltin to'p-2019 taqdirlash marosimidagi nutqi Yangiliklar

Messining Oltin to'p-2019 taqdirlash marosimidagi nutqi

Leo navbatdagi sovrinidan so'ng yig'ilganlar oldida nutq so'zladi.

“Avvalosi menga ovoz bergan jurnalistlarga tashakkur izhor etaman. Klub va terma jamoadagi barcha sheriklarimga ushbu yilda qayd etgan natijalarimdagi yordamlari uchun rahmat aytaman.

Sizlar ushbu mukofotning bir qismisiz. SHaxsiy va sportdagi hayotim shunday kechayotganidan mamnunman. Yildan yilga yoshim ham katta bo'lib bormoqda. Ammo men hech qachon eng yaxshi bo'lish uchun mehnat qilishdan to'xtamayman. Individual sovrinlar har doim muhim. Biroq ular doimo ikkinchi darajali. Birinchi o'rinda, albatta, jamoaviy maqsadlar, sovrinlar. Bunga erishish uchun har yili harakat qilaman. Hamma sovrinlarni yutish uchun kurashga shaylanaman. Lekin qachondir ularni yutasan, qachondir esa yo'q. O'zim yoqtiradigan, o'zim yaxshi ko'rgan klub tarixining bir qismi bo'lishdan xursandman.

Dunyoning eng yaxshi klublaridan biridan ekanimdan g'ururlanaman. «Oltin to'p»dek sovrinni qo'lga kiritish esa bunday klub nomini yanada yuksaklarga ko'taradi. Bugun va yaqin kunlarda oilam bilan buni bayram qilamiz. Ko'ramiz bizni oldinda yana nimalar kutmoqda ekan”, — deydi Messi.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика