

Shunday qilib, argentinalikning LaLiga o'yinlaridagi assistentliklari soni 147taga etdi va golli paslar bo'yicha Ispaniya chempionati rekordchisi, "Real" sobiq yarim himoyachisi Michelga yetib oldi. 1982-1996 yillarda "Qirollik klubi"da to'p tepgan Michel "Real" safida LaLiganing 404ta uchrashuvida 147ta golli pas bergan. Messi Ispaniya chempionati uchrashuvida yana bir marta assistentlik qilsa ushbu liga tarixidagi rekordchiga aylanadi.



